Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Xorijiy fuqarolar qabuli uchun
ursubox@gmail.com +99862 224 66 11
Muddat 20 avgust 2018 yil

Kontrakt to'lovlari miqdori

Davlat ramzlari

Diqqat!!! Hurmatli SIRTQI ta'lim abiturientlari, test sinovlariga ushbu grafik asosida Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasiga (passport va DTM ruhsatnomasi bilan) borishingiz so'raladi.

Centre of Information technologies

  • Head of department:Polvanov Sultonmahmud Baxadirovich
  • Telephone: +998919176578
  • Email: urgdu_atm@edu.uz

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi universitetda o`quv jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha asosiy bo`linma hisoblanadi va ilmiy ishlar prorektoriga bo`ysunadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limining faoliyati «Ta'lim to`g`risidagi» qonunga, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlari va buyruqlariga, universitet ustaviga va mazkur nizomga muvofiq ravishda o`quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida tashkil qilinadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limining boshlig`i ilmiy ishlar prorektori taklifiga binoan, o`rnatilgan tartibda, rektor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi o`z faoliyati yuzasidan universitet rektoriga, ilmiy ishlar prorektoriga, shuningdek, universitet ilmiy kengashiga yilda bir marta hisobot beradi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi strukturasi va shtatlari ilmiy ishlar prorektorining taklifiga binoan va OO`MTV bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muasassalarining boshqaruv, xizmatchi va texnik xodimlarining namunaviy shtatlari»ga muvofiq rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi xodimlari orasida vazifalar bo`lim boshlig`i tomonidan taqsimlanadi. Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi xodimlarining huquq va vazifalari bo`lim maqsadlari va vazifalariga, shuningdek amaldagi qonuniyatga muvofiq ishlab chiqilgan va ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlangan xizmat instruktsiyalari bilan belgilanadi.