Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Labor union

  • Head of department:Olimboy Atamurotovich Otajonov
  • Telephone: (0362)-224-6666
  • Email: urdu-prof @mail.ru/Olimboy 656

Kasaba uyushma kumitasining jami a’zolari soni 7725 nafar bo’lib, shulardan 857tasi professor- o’kituvchilar 6868 nafari magistr-talabalarni tashkil qiladi.

Boshlang’ich tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, ”Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi, “Mehnatni muxofoza qilish to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa Qonunlar, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlari hamda mazkur Nizomga muvofiq ish boradi.

Quyidagilarga erishish boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi xisoblanadi.

Millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan kat’i nazar boshlang’ich tashkilot xar bir a’zosining Mehnat qilish, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli Mehnat sharoiti yaratib berilishi va ishsizlikdan ximoya qilinishga doir konstitutsiyaviy huquqlari ximoya qilinishiga; korxona, idora, tashkilot va muassasada ish bilan taminganlikning eng yuqori darajada bo’lishiga, daromadlar oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasi kamaytirilishiga; mehnatga haq to’lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga; jamoa shartnomalari tuzilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga; jamoa shartnomalarida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan kafolat va imtiyozlarning saqlab qolinishi va kengaytirilishiga; mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish konunlari qoida va me’yorlariga rioya etilishiga; ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilik yo’lga qo’yilishiga, jamoa muzokaralarini tashkil etilishga; ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan xodimlar malakasining oshirilishi xamda kasb jixatidan qayta tayyorlashning tizimli va muntazam ravishda olib borilishiga; xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni Mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy ximoya qilishga yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruv chilar, maxalliy davlat xokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilinishiga; madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining o’tkazilishiga, bo’sh vaktdan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratib berilishiga, kasaba uyushmasia’zolari va ularning oila a’zolari sog’lomlashtirishiga. Boshlang’ich tashkilot o’z maqsadlariga erishish uchun o’zining saylab vo’yiladigan va qollegial organlari orqali: xodimlarning ishlab chiqarish, mehnat, mehnatni muxofaza qilish, maishiy turmush, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish soxalaridagi qonuniy xuquq va manfaatlarini ifoda etadi va ximoya qiladi; mehnat qonunchiligi, mehnatni muxofaza qilish to’g’risidagi konun xujjatlari, boshqa mehnat xuquki normalari mavjud bo’lgan normativ xuquqiy xujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; mehnat jamoalari nomidan ish beruvchilar bilan jamoa shartnomalarini tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; korxona (tashkilot, muassasa)ni ijtimoiy rivojlantirishning joriy va istiqbolli rujalar ishlab chiqilishida, yakka tartibdagi va jamoaga doir mehnat nizolaring hal etilishida ishtirok etadi; amaldagi qonunlarga va me’yoriy xujjatlarga muofiq, uning ihiyorida qoldirilgan mablag’lar doirasida, kasaba uyushmasi byudjeti va uni sarflash smetasini tasdiqlaydi hamda mazkur mablag’larni belgilangan maqsadlarga sarflaydi; kasaba uyushmasi yig’ilishlari, qonferensiyalari, qurultoylar, yuqori kasaba uyushmasi organlarining qarorlari bajarilishini tashkil etadi; mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini slg’lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va ommaviy sport ishlarini tashkil qiladi.