Вы можете написать любое электронное обращение в виртуальную приемную ректора Ургенчского государственного университета.

Davlat ramzlari

Messenger

Центр информационных технологий

  • Начальник отдела:Polvanov Sultonmahmud Baxadirovich
  • Телефон: +998919176578
  • Почта: urgdu_atm@edu.uz

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi universitetda o`quv jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha asosiy bo`linma hisoblanadi va ilmiy ishlar prorektoriga bo`ysunadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limining faoliyati «Ta'lim to`g`risidagi» qonunga, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlari va buyruqlariga, universitet ustaviga va mazkur nizomga muvofiq ravishda o`quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida tashkil qilinadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limining boshlig`i ilmiy ishlar prorektori taklifiga binoan, o`rnatilgan tartibda, rektor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi o`z faoliyati yuzasidan universitet rektoriga, ilmiy ishlar prorektoriga, shuningdek, universitet ilmiy kengashiga yilda bir marta hisobot beradi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi strukturasi va shtatlari ilmiy ishlar prorektorining taklifiga binoan va OO`MTV bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muasassalarining boshqaruv, xizmatchi va texnik xodimlarining namunaviy shtatlari»ga muvofiq rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi xodimlari orasida vazifalar bo`lim boshlig`i tomonidan taqsimlanadi. Axborotlashtirish va texnikaviy ta'minot bo`limi xodimlarining huquq va vazifalari bo`lim maqsadlari va vazifalariga, shuningdek amaldagi qonuniyatga muvofiq ishlab chiqilgan va ilmiy ishlar prorektori tomonidan tasdiqlangan xizmat instruktsiyalari bilan belgilanadi.