Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

Qabul nizomi

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar

1.Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining(keying o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2.Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga (filiallariga) o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abiturient - oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyasiga hujjat topshirgan,Davlat test markazining ruhsatnomasiga ega bo‘lgan,test sinovi qoidalariga qat’i amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor;
abiturient ruhsatnomasi - pasport (u bo‘lmagan holda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abiturientning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruhsat beradigan hujjat;
bino rahbari - Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan,belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abiturientlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi,nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
guruh nazoratchisi- Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat bo‘yicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish,test sinovining belgilangan tartib bo‘yicha o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abiturientlarga test sinovini topshirish tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan shaxs;
javoblar varaqasi-test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abiturientning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;

Batafsil: Yuklab olish