Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Universitet haqida

Urganch davlat universiteti haqida umumiy ma'lumot.

Urganch Davlat universitet - Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g'risida GUVOHNOMA

         Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko'rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1 sentyabr 1942 yilda to'liqsiz oliy ma'lumotli o'qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991 yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.

         Urganch davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.

         Urganch davlat universitetida 8 ta fakultet,30 ta kafedra faoliyat ko'rsatib, ularda 42 ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo'limida 7588 nafar, magistraturada 88 nafar, jami 7676 nafarni tashkil etadi. Universitetda to'liq shtat bo'yicha jami 677 nafar professor-o'qituvchilar ta'lim jarayonida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. SHundan: fan doktori, professorlar19 (2,8%), fan nomzodi, dotsentlar 156 (23,1%), 502 (74,1%) katta o'kituvchi va assistent o'qituvchilar faoliyat ko'rsatishmoqda. Universitetda ilmiy darajali professor-o'qituvchilar salmog'i 25,8 % ni tashkil etadi.

         Universitetda 8 ta o'quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi bo'lib, unda yashayotgan talabalar soni 1036 nafar. Madaniyat saroyi, sport majmuasi, ARM binolari mavjud. O'quv laboratoriyalarining umumiy maydoni 12571,95kv.m. Bir talabaga to'g'ri keladigan foydali maydon 1,65 kv.m. O'quv auditoriyalari soni 212 ta. Laboratoriya xonalari 40 ta, lingafon sinflari 12 ta (laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanganlik 92%). Kompyuter sinflari soni 30 ta, jami kompyuterlar soni 1157 ta, (1 ta kompyuterga 7 nafar talaba to'g'ri keladi). Internetga ulangan kompyuterlar soni 1050 ni tashkil etadi.

         Kadrlar tayyorlash bilim sohalari bo'yicha.

1. Gumanitar soha talabalar soni 2867 (38 %);

2. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq - talabalar soni 1053 (14 %);

3. Ishlab chiqarish va texnik soha - talabalar soni 2183 (28%);

4. Qishloq va suv ho'jaligi - talabalar soni 967 (13 %);

6. Xizmatlar sohasi - talabalar soni 518 (7%);

         Davlat granti bo'yicha bakalavriatda 2361 (umumiy davlat grantiga nisbatan 98,7%), magistraturada 31 (1,3%)).

         Talabalar kontingenti o'qitish tillari kesimida:

- O'zbek tilida 7419 (96,6%);

- Rus tilida 257 (3,4%);

         Boshqa viloyatlardan kelib o'qiyotganlar 127 (1,7%).

CHet ellik talabalar soni 51 (Turkmanston Respublikasi 50, Rossiya Federatsiyasi 1).

         Oxirgi o'quv yilida 1652 bakalavr, 59 magistr bitirdi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatda 506 (30 ,6%), magistraturada 18 (30,5%)).

         2016/2017 o'quv yilida 1808 bakalavr, 26 magistr qabul qilindi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatga598 (33,1%), magistraturaga 11 (42,3%)).

         O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari, Davlat nomli stipendiatlar, Xalqaro musobaqalar sovrindorlari, respublika sport musobaqalari sovrindorlari, ko'rik-tanlovlar g'oliblari haqida ma'lumot.

         2016 yil may oyida o'tkazilgan futbol bo'yicha respublika "Kamolot" kubogida universitet terma jamoasi faxrli III- o'rinni qo'lga kiritdi.

         2016 yili «Eng yaxshi videorolik» respublika tanlovida1 nafar talaba faxrli II - o'rinni qo'lga kiritdi.

         2017 yili «XXI asr - intelektual avlod asri» shiori ostida o'tkazilgan yosh olim va iqtidorli talabalar respublika konferensiyasida universitetdan 8 nafar yosh olim va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

         2016 yilda 1 nafar Prezident stipendianti,3 nafar nomdor davlat stipendiantlari va 8 nafar respublika fan olimpiyada g'olibi va sovrindorlari bo'ldilar.

         2016 yilda 1 nafar magistr "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi" tanlovi g'olibi bo'ldi.

         2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan xalqaro olimpiyada va paraolimpiya o'yinlarida 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar.

         2016 yil Buxoro shahrida o'tkazilgan Zakovat bellashuvida Universitet jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

         Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan "Universiada-2016" sport musobaqalarining final bosqichida talaba-yoshlarimizning 2 nafari oltin, 8 nafari kumush, 20 nafari bronza medal larini qo'lga kiritdilar.

         Hindistonda yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan XIII-Jahon chempionatida kurash bo'yicha 1 nafar talaba fahrli I - o'rinni egalladi.

         YAponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan chempionatida 2 nafar talaba fahrli 2 va 3-chi o'rinni egalladilar.

         Harbiy qism tavsiyanomasiga ega talabalarning ta'lim yo'nalishlari kesimidagi taqsimoti. Millatlar kesimidagi rahbarlar, professor-o'qituvchilar va talabalarning umumiy tarkibi haqida ma'lumot.

         2016 yil davomidagi ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar natijalari .

CHop etilgan: 486 ta ilmiy maqola (ulardan 176 tasi chet elda);

5 ta monografiya;

1 237 ta o'quv-uslubiy majmualar tayyorlangan;

2 ta o'quv qo'llanma.

1 ta mualliflik guvohnomasi

6 ta patent

CHet el grantlari: Umumiy qiymati 2,5 mln evrolik 8 ta loyiha bajarilmoqda.

ITI davlat grantlari bo'yicha: 279 016 ming so'mlik bajarildi.

ITI bo'yicha xo'jalik shartnomalari 31 664 ming so'mlik bajarildi.

ITIda 17 nafar professor-o'qituvchi, 1 nafar KIXI va 2 nafar talaba ishtirok etdi.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi 36 nafar.

Oxirgi 3 yilda doktorlik himoya qilgan Urganch davlat universiteti xodimlari soni 4 nafar.