Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Yaxshidan bog' qolur.

Muallif:Abdullayev Jonibek

Yurtimiz miqyosida turli soha va yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar hamda ularning pirovard natijalari har qadamda ko’zga tashlanadi. Ushbu o’zgarishlarning samarali natijasi o’laroq, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, shuningdek, har tomonlama taraqqiy etishiga zamin yaratilmoqda. Bugungi kunda keng ko’lamda olib borilayotgan islohotlar bevosita yosh avlodning komil inson sifatida shakllanishiga qaratilgan bo’lib, ularning ham jismoniy va ham manaviy jihatdan yyetuk shaxs bo’lib tarbiyalanishi, jahon standart talablariga muvofiq tarzda talim olishi, zamonaviy bilim hamda malakalarni to’laqonli o’zlashtirishi uchun alohida sharoit yaratish, o’z sohasining yetuk mutahassisi bo’lib etishishini taminlash ushbu islohotlarning pirovard maqsadidir. SHu manoda, o’rta-maxsus talim olayotgan o’qvuvchi yoshlar, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan yoshlarning har tomonlama mukammal bilim malakaga ega bo’lishlari uchun etarlicha zamin yaratish maqsadida keng miqyosda islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish» to’g’risidagi 109-sonli buyrug’iga asosan Akademik litseylarda ta’lim samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida, 2015 yil 25 iyun kuni Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakultetida Xorazm viloyatidagi Akademik litseylar talabalari o’rtasida matematika fani bo’yicha bellashuv o’tkazildi. Bellashuvning ochilish marosimi 25 iyun kuni ertalab soat 9-00 da bo’lib o’tdi. Unda fizika-matematika fakulteti dekani v.b. dots. M.Qurbanov, “Funktsiyalar nazariyasi” kafedrasi mudiri dots. J. Xujamov, “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri dots.Q. Mamedov, “Funktsiyalar nazariyasi” kafedrasi dotsenti J.Yarmetov, fakultet AL va KXK bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari R.SHaripovlar qatnashdi. Bellashuvni R.SHaripov ochib berib, fakultetda bunday bellashuvlar an’anaviy tarzda har yili o’tkazilayotganini bildirdi va qatnashchilarga omad tiladi. J.Xujamov ham so’z olib, yurtimizda matematika rivoji xaqida gapirib, qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi. SHundan so’ng J.Yarmetov so’zga chiqib, bellashuv AL lar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkillashtirilgani xaqida gapirdi. So’ngra tashkiliy qo’mita a’zolari tomonidan har bir talabaga estalik sovg’alari tarqatildi. Ushbu bellashuvda akademik litseylar birinchi bosqichida ta’lim olayotgan 14 nafar va ikkinchi bosqichida ta’lim olayotgan 8 nafar talaba qatnashdilar. Xakamlar hay’ati Urganch davlat universitetining etakchi matematik olimlari dots. A. Atamuratov, dots. U. Xaitmetov, J. Abdullayevlardan iborat tarkibda tuzildi. Bellashuv bitta bosqichda yozma ish tarzida, har bir bosqich talabalari uchun alohida o’tkazildi. Bellashuv davomida yuqori natijalarni ko’rsatgan talab g’olib talabalarga diplomlar va estalik sovg’alari topshirildi. Bundan tashqari 3 nafar talaba “Faol ishtiroki va eng yaxshi yechilgan masala” nominatsiyasi bo’yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi Bellashuvning yopilishi va g’oliblarni taqdirlash marosimida UrDU rektori dots.B.I.Abdullayev, O’zMU qoshidagi Matematika va Axborot texnologiyalari instituti direktori akademik SH.A. Ayupov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti professori R. Z. Abdullayev, Qoraqalpoq davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori, M.Ibragimov, Qoraqalpoq davlat universiteti professori K. Kudayberganov qatnashdilar. B. I. Abdullayev bellashuv haqida gapirib, bu bellashuv mana bir necha yildan buyon faqat viloyat miqyosida o’tkazilib kelinayotgani, kelgusi yili Qoraqalpoq respublikasi AL larini ham jalb qilgan holda uning nufuzini oshirish va unga matematika fani asoschisi yurtdoshimiz al-Xorazmiy nomi bilan atash taklifini kiritdi. Ushbu bellashuv yoshlarning kelajakdagi muvaffaqqiyatlari uchun chinakam poydevor bo’ldi.