Devonxona

  • Bo'lim boshlig'i:Yo’ldashev Iftixor
  • Telefoni: +99862 224-66-16
  • Email: devonxona_urdu@edu.uz

Urganch davlat universiteti Devonxonasi 1994 yilda tashkil qilingan. Bo’lim zimmasiga universitetga kelgan va chiquvchi xatlarni ro’yxatdan o’tkazish, ularni saqlash, kelgan xatlarni tegishli bo’limlarga rektor rezolyutsiyasidan keyin yetkazish, rektor ichki buyruqlarni, xodimlarning safarbarlik guvohnomalarini ro’yxatdan o’tkazish, xodimlarga ma’lumotnoma berish kabi vazifalarni bajaradi. Devonxona universitetning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha komissiya tarkibiga ham kiritilgan. Devonxona shuningdek o’z tarkibida bo’lgan universitet Arxivi ishini nazoratini ham amalga oshiradi.