Ichki nazorat va monitoring bo`limi

  • Bo'lim boshlig'i:Shihova Hasiyat Ismailovna
  • Telefoni: 8 3622246696
  • Email: shihovahasiyat@gmail.com

"Ichki nazorat va monitoring" bo'limi

Ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorolari va Farmoyishlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining buyruqlari va modemlari, Universitetning ichki buyruqlari, Kengash qarorlari va mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmonlarini, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining buyruqlari va modemogrammalarini o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi nazoratiga mas’ul hisoblanadi.
O’quv yili davomida Urganch Davlat Universitetiga qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-sonli va 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 140-sonli qarorlari, 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, ho’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi to’g’risida”gi 11-10-sonli qarori, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2010 yil 21 maydagi №195 sonli va 2009 yil 8 sentybrdagi №309-sonli buyruqlari asosida ish faoliyatini olib boradi.
Shuningdek, bo’lim axborot resurs markazi va ilmiy-ma’rifiy, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy jarayonlar uchun mas'ul boshqa idoralar innovatsiyalarini amalga oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida horijiy o'quv universitetlari tajribasini o’rganadi. Universitet fakultetlarida har oyda me’yoriy hujjatlarning bajarilishi bo’yicha tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib Universitet Kengashida muhokama qiladi.
Ta'lim standartining talablari universitetning barcha fakultetlari (fakultetlar, kafedralar, malaka oshirish markazi, akademik litseylar va boshqalar) tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinadi.
Bo’lim axborot texnologiyalari markazi bilan birgalikda universitetda ta'lim darajasining holati to'g'risidagi axborotni shakllantiradi va uning muntazam tizimlanishini ta'minlaydi. Talabalarning baholash tizimining ob'ektivligini va shaffofligini nazorat qiladi. Akademik semestr yakunida "Talabalarning ko'zlari bilan" - elektron so'rovnoma o'tkaziladi. So'rov jarayoniga Universitet Yoshlar Ittifoqi Kengashi a'zolari jalb etiladi.
Bo’lim UrDUga keladigan direktiv va me'yoriy hujjatlarning mas'ul ijrochilari tomonidan kunlik sifat nazoratini va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi.