Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Xorijiy fuqarolar qabuli uchun
ursubox@gmail.com +99862 224 66 11
Muddat 20 avgust 2018 yil

Kontrakt to'lovlari miqdori

Davlat ramzlari

Diqqat!!! Hurmatli SIRTQI ta'lim abiturientlari, test sinovlariga ushbu grafik asosida Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasiga (passport va DTM ruhsatnomasi bilan) borishingiz so'raladi.

O`quv-uslubiy boshqarma

  • Bo'lim boshlig'i:Matlatipov G`ayrat Rahimbaevich
  • Telefoni: +99862 2246634
  • Email: m.gayrat@umail.uz

O'quv-uslubiy boshqarma

O'quv-uslubiy boshqarma universitetining o'quv va o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy hujjatlariga, universitet Nizomiga muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.
Maqsad va vazifalari:
• Ta’lim jarayonini ilg`or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o`quv jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o’z faoliyatini amalga oshirish;
• Universitetda o’quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish;
• Universitet fakultet va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish;
• O’quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy - uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish;
• Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarning o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;
• Fakultet va bo’lim uslubchilari uchun o’quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;
• Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo’llashni o’quv jarayoniga tatbiq qilish.
Bo’limning vazifalari:
• Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat olib borish;
• Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv va o’quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg`or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
• Universitet fakultetlari va magistraturada talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga oid joriy, oraliq, yakuniy nazoratlari tashkil etilishini nazorat qilish, tahliliy o’rganish va umumlashtirib borish;
• Akademik ma’lumotnomalar, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va boshqa belgilangan o’quv hujjatlarning qo’yilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazoratga olish;
• Universitet kafedralarida shtatlar jadvalini tuzish uchun harakatdagi me’yorlar asosida hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
• Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
• Universitet fakultet va kafedralarini o’quv va o’quv-uslubiy masalalar bo’yicha faoliyatini o’rganish;
• Auditoriya fondi holati bo’yicha nazorat olib borish, auditoriyalar holatini yaxshilash bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
• Universitet fakultetlari va kafedralariga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish;
• Universitet kafedralariga o’quv-uslubiy axborotlarni izlash bo’yicha va yangi o’quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlashda hamda nashr etishda tashkiliy yordam ko’rsatish.