Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

  • Bo'lim boshlig'i: Babadjonov Kamildjan O'razbayevich
  • Telefoni: +998975113320
  • Email: urdu_tsnqb@mail.ru
Murojaat yuborish
TSNQB Nizomi
TSNQB Ish rejasi
TSNQB 1-chorak hisobot
TSNQB 2-chorak hisobot

    Urganch davlat universiteti tarkibidagi Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, bevosita universitet tarkibiga kiradi.

    Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspektsiyasi hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy ko'rsatmalariga, shuningdek Bo'lim to'g'risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

    Bo'lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etadi.

     Bo'limning asosiy maqsadi ta'lim sifatini oshirish bo'yicha xorijiy va etakchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish, universitet talabalari bilimlarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini o'rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo'yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko'rishdan iborat.

Bosh mutaxassis: Allabergenov Bunyod Farxodovich
Telefon nomeri: +99897-768-2449
E-mail: bunyod9069@mail.ru


  Bosh mutaxassis: Cho'ponov San'at Otanazarovich
Telefon nomeri: +99897-765-1414 
E-mail: s_khorazmiy@mail.ru