Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

Xodimlar bo'limi

  • Bo'lim boshlig'i:Ibragimova Nodira Karimovna
  • Telefoni: +998942305436
  • Email: urdu_bb_kadrlar@mail.ru

Urganch davlat universiteti kadrlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, universitet Rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib boradi. Kadrlar bo‘limi universitetda mehnat qilayotgan pedagog xodimlar, ishchi-xizmatchi xodimlarining universitet ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
Kadrlar bo‘limida bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar 1-toifali muhandis hamda 2 nafar inspektor faoliyat olib boradi. Bo‘limning pedagog xodimlar, ishchi-xizmatchi xodimlari bilan ishlash muhandislari va talabalarni xujjatlari bilan ish olib brayotgan inspektorlari bevosita kadrlar bo‘limi boshlig‘i topshirig‘i va ko‘rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo‘riqnoma asosida ish olib boradi.
Kadrlar bo‘limining vazifalari:
- pedagog xodimlar, ishchi-xizmatchi xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish va o‘z hisobidan ta’til berish buyruqlari, tanlov asosida ishga qabul qilish, tanlovdan o‘tish muddatlarini aniqlab, axborot ommoviy vasitalariga tanlovdan o‘tish e’lonlarini o‘z vaqtida berishni nazorat etish;
- ishga qabul qilingan har bir xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;
- rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;
- kadrlar masalasi bo‘yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish;
- vazirlik va tegishli tashkilotlarga universitet pedagoglar va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;
- pedagog xodimlar imzolarini tasdiqlash, ma’lumotnomalar berish;
- mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to‘g‘ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga o‘z vaqtida topshirish;
- pedagog xodimlar, ishchi-xizmatchi xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;
- pedagog xodimlar, ishchi-xizmatchi xodimlarning shahsiy yig‘ma jildini, shahsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;
- universitet shtat jadvalini moliya-iqtisodiyot bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;
- nafaqa yoshidagi pedagog xodimlar va ishchi-xizmatchi xodimlarni hujjatlarini rasmiylashtirish;
- xar oyning boshida shahar bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
- bo‘limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me’yoriy va shaxsiy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxivga topshirish;
- bo‘lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.