Yoshlarimiz Buxaro va Samarqandda(UrDU)

Kiritdi: Administrator | O'zgartirigan sana : 02 iyun 2015

Kompyuterdan  foydalanuvchi  ish  jarayonida  biror  xujjatni  tez  va  yuqori  sifatida  kirill  yoki  lotin  alifbosida  tayorlash  hamda  chop  qilish  zaruratiga  ko’pincha  duch  keladi.  Bunday  vaziyatda  u  Microsoft  firmasi  tomonidan  yaratilgan  WORD  dasturida  ishlashni  bilishi  lozim.

MS  WORD – bu  matnli  xujjatlarni  tuzish, ko’zdan  kechirish, taxrir  qilish  va  chop  etish  uchun  xizmat  qiluvchi  xamda  Microsoft  Office  dasturlari  guruxiga  kiruvchi  zamonaviy  matn  muxarriridir.

MS  WORD – matnli  va  grafikli  malumotlar  ustida  yuzdan  ortiq  operatsiyalarni  bajaruvchi  xamda  matnli  protsessorlar  sinfiga  kiruvchi  eng  takomillashgan  amaliy  dasturlardan  biri  hisoblanadi.

MS  WORD – yordamida  ixtiyoriy  ko’rinishdagi  xujjatni  juda  tez  va  yuqori  sifatda  tayorlash  mumkin.  Dasturning  yana  bir  qulaylik  tomoni  shundan  iboratki, unda  bir  nechta  xujjatlar  bilan, ya’ni  ularni  qo’shish, biridan  ikkinchisiga  kerakli  joyni  olib  ko’chirish, matn  oldiga  tasvir  tushirish, jadval  tashkil  qilish, turli  shriftlar  bilan  ishlash,  xarflarni  istalgan  shaklda  yetarlicha  katta  formatda  chop  etish  mumkin.  Lekin  MS  WORD – ayrim  “kamchiliklar”  dan  ham  holi  emas.  Masalan:  matematik  ifodalar  va  kimyoviy  formulalarni  kiritishda  katta  qiyinchiliklar  mavjud.  Bundan  tashqari, juda  murakkab  strukturali  poligrafik  (atlaslar,  albomlar  va  jurnal  muqovalari)  materiallarini  tayorlashda  noqulaylik  yuzaga  keladi.

Shunday  qilib, WORD  matn  muxarriri  ko’magida  rus  va  ingliz  tilida  xar  xil  xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat  xabarlari  kabi  bir  turkum  matnli  ma’lumotlarni  zudlikda  tayorlash  va  chop  qilish  mumkin.  Bu  matn  muxarriri  yordamida  o’zbek  shriftida  va  lotin  alifbosi  asosida, o’zbek  tilida  xar  xil  ma’lumotlarni  osonlik  bilan  tayorlash mumkin.