Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

AQSH-O'zbekiston olimlarinig II-xalqaro konferensiyasi kundaligidan: Tafakkur mahsullarining qizg'in muhokamalari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2017-10-10

2017 yil 10 avgust kuni Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Xorazm Ma’mun Akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Analiz va matematik fizikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi AQSH — O‘zbekiston olimlarining II-chi xalqaro ilmiy anjumanining uchinchi kuni qizg‘in muhokamalar bilan boshlandi. Plenar ma’ruzalarda Italiyalik olim Marko Abate, AQSH lik olim Marselo Diskonzi, AQSHning New Haven universiteti professori Sabir Umarovlar ma’ruza qildilar. Bu ma’ruzalarda qat’iy psevdoqavariq sohalarda qarshilik o‘lchovining yangi xarakteristikalari, umumiy bog‘lanishdagi yopishqoq suyuqliklar dinamikasi, Fokker-Planka tenglamasining kasr tartibli umumlashmalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, dolzarb muammolar va olingan eng yangi natijalar batafsil yoritib o‘tildi.
SHo‘‘balar bo‘yicha yig‘ilishlarlarda аlgebra va funksional analiz, ehtimollar nazariyasi, Matematik fizika va xususiy hosilali differensial tenglamalar, Dinamik sistemalar, Kompleks analiz va plyuripotensial nazariya ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha 30 dan ortiq ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi. SHo‘‘balar ishlarida Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Nukus pedagogika instituti, AQSHning Northwestern universiteti, Bringham Yong universiteti, Claremont McKenna kolleji, Georgia universiteti, Fransiyaning Paul Sobatier universitetidan tashrif buyurgan olimlar va yosh matematiklarning ma’ruzalari tinglandi.