Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

'Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori' mavzusidagi tadbir

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 06.12.2017

“Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori” mavzusidagi tadbir “B va MTM” kafedrasi o‘qituvchisi O‘ktam Begimov tomonidan olib borildi. Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri dots. Xudaybergan Bekchanov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ular o‘z nutqida konstitutsiyaning inson hayotidagi o‘rni, uning mazmun-mohiyati, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchi kabi masalarni ilgari surib, hayotiy misollar asosida ustoz hamda talabalarning ham qomus oldidagi burch va majburiyatlarini yoritib berdi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Unda 154-guruh talabalariga navbat berilib, ular o‘z chiqishlarini konstitutsiyamizning ta’lim, til, tarbiya, oila masalalariga bag‘ishlangan moddalarini kichik sahna ko‘rinishlari asosida jonli tarzda ochib berishdi.
Ayniqsa, 153-guruh talabasi Qo‘shnazarova Shoira ijrosida jaranglagan Vatan haqidagi qo‘shiq hammaning qalbiga “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan shiorni yana bir bor muhrlab qo‘ydi. 161-guruh “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalaishi talabalari tomonidan aytilgan Vatan haqidagi she’rlar tadbirning o‘ziga xos ruhini yanada jonlantirdi. Talaba-yoshlarning ruhiyatiga, ma’naviyatiga vatanparvarlik tuyg‘usi, shijoati singdirildi.
Keyin 154-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishiga navbat berildi. Bu sahna ko‘rinishi orqali talaba-yoshlar o‘z nuqtayi nazarlari borligi, o‘zlarida muayyan darajada ma’naviy, mafkuraviy immunitet hosil qilganliklari, o‘zlarining hayotiy pozitsiyasiga ega ekanliklarini isbotlashdi. Talabalar mazkur sahna ko‘rinishida insonning hayotiy va insoniy burchi nimada ekanligi, o‘zi, oilasi, Vatani uchun inson nima qilish lozimligi, o‘zlarining burch va mas’uliyatlari nimadan iborat ekanligini ochib berishga harakat qilishdi. Ushbu sahna ko‘rinishi tomoshabinlarga ba’zan achinish, ba’zan xushchaqchaqlik kayfiyatini berib, o‘zlari uchun to‘g‘ri, yashash uchun mazmunli hayot yo‘lini tanlashga muayyan xulosalar hadya eta olgani shubhasiz.
Tadbir oxirida “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi talabalari ijrosida yangragan navolar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashgan eng kulminatsion nuqtalardan biri bo‘ldi desak, mubolag‘a emas.
Tadbirdan olgan xulosamiz shuki, o‘zini O‘zbekiston fuqarosi degan har bir inson shu Vatanning ma’naviy, moddiy, madaniy boyliklarini asrab-avaylashi lozim. Har bir fuqaro o‘zining konstitutsion burchini anglagan holda iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotda o‘zini burchli deb bilmog‘i kerak. Zero, ana shu daxldorlik tuyg‘usi bizni shu tuproq, shu yurt, shu zamin bilan bog‘lab turadi.