Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

2018 yil 18 may kuni “Turizm (xalqaro va ichki)” va “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishlari talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-05-18



Urganch davlat universitetida 2018 yil 18 may kuni “Turizm (xalqaro va ichki)” va “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishlari talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bitkazuvchi talabalar, “Turizm” kafedrasi o’qituvchilari va kafedra mudiri, dots.F.Abdullayev faol ishtirok etdi.
Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son qarori ijrosi yuzasidan iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Maqsad - oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirishdan iborat.
Dastlab ish beruvchilar uchun Urganch davlat universitetida olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shundan so‘ng, universitet Madaniyat saroyida viloyatdagi mavjud korxona va tashkilotlarning vakillari bilan “Ta’lim-fan-ishlab chiqarish” o‘rtasida uzviylikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi.
Shundan so‘ng, Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani, S.Salayev “Yosh mutaxassis maktabi, mehnat bozoriga moslashishning ilk qadami” mavzusida va “Turizm” kafedrasi mudiri, F.Abdullayev “Turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar” mavzularida taqdimotlar o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ish beruvchilar orasida mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash bo‘yicha anketa so‘rovnomalari ham o‘tkazildi.