Ilm-fan 2020

science

Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Barselona universiteti professorlari va Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan seminar-trening

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-10-09



Urganch davlat universiteti “Tarix” kafedrasi va Ispaniyaning Barselona universiteti o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlik doirasida 2018-yil 06-19-oktabr kunlari Barselona universiteti professorlari Veronika Martinez Ferreras hamda Xose Mariya Gurt Esparraguerra lar “Arxeologiyaga kirish” (“Introduction to the Archeology”) kursi bo’yicha “Tarix” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorant-tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari olib borishadi.
Mashg’ulotlar Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti 212-xonada bo‘lib o‘tmoqda. Unda barcha ishtirokchilar faol qatnashib, soha bo‘yicha yangi bilimlar hamda yangi innovatsion usullardan boxabar bo‘lishmoqda.
Ishchi dastur doirasida dars mashg‘ulotlari, uchrashuvlar va ekskursiyalar rejalashtirilgan bo‘lib ular belgilangan vaqtida bo‘lib o‘tmoqda.