Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Eng yaxshi 500 oliy ta'lim muassasasi diplomi imtihonsiz nostrifikasiyadan o'tadigan bo'ldi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 3 Апрел 2017

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 173-sonli "Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish tartibiga oid Nizomga tuzatish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qarori chop etildi.
Ta’kidlash joizki, ta’lim to`g`risidagi xorijiy hujjatlar O`zbekistonda tan olish yoki nostrifikasiya qilish yo`li orqali yuridik kuchga ega bo`ladi.
Maktab hujjatlarini tan olish uchun qaerga borish kerak?
Hujjat to`liq o`rta (to`liq bo`lmagan, o`rta) ta’lim (10-12 sinflar) to`g`risidagi hujjatlarni tan olish tartibiga aniqlik kiritdi. Umumiy o`rta ta’lim to`g`risidagi hujjatlardan farqli o`laroq, ular Xalq ta’limi vazirligi tizimining maxsus komissiyasi emas, Oliy ta’lim vazirligiga bo`ysunuvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining o`rta-maxsus, professional ta’lim hududiy boshqarmalarida tuzilgan komissiyalar tomonidan tan olinadi.
Shuningdek, mazkur hujjatlar O`zbekistonda qanday darajaga muvofiq ekani belgilab berildi:
Tan olish va nostrifikasiya uchun qanday yangi hujjatlar topshirish kerak?
Tan olish yoki nostrifikasiya haqidagi arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Bundan tashqari, unga biriktirilgan hujjatlar ro`yxatiga quyidagilar qo`shildi:
- arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- tan olish va nostrifikasiya uchun to`lov kiritilganini tasdiqlovchi hujjat.
Qanday holatlarda hujjat tan olinmasligi mumkin?
Ta’lim to`g`risidagi hujjatning tan olinish talablariga xorijiy ta’lim muassasasidagi ta’lim shaklining O`zbekistondagi tizim shakliga muvofiqligi ham qo`shildi. Masalan, O`zbekistonda muayyan mutaxassisliklar bo`yicha sirtqi ta’lim shakli taqiqlangan bir paytda sirtqi ta’lim to`g`risidagi xorijiy diplomlar tan olinmaydi.
Qanday hollarda nostrifikasiyada imtihon topshirilmaydi?
Chet ellarda ta’lim olgan bitiruvchilar hujjatlari nostrifikasiyasi quyidagi holatlarda to`g`ridan-to`g`ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
- O`zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, buyruqlari va protokol qarorlariga asosan ta’lim olganlar;
- Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan ta’lim muassasalarida tahsil olganlar;
- tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo`lgan vazirlik va idoralar yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar tomonidan ajratilgan kvotalar evaziga ta’lim olganlar;
- xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida ilk 500 pozisiyani egallagan ta’lim muassasalarida ta’lim olganlar.
Dunyodagi eng yaxshi 500ta oliy ta’lim muassasalarining reytingi
Hujjatning batafsil matni bilan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida tanishishingiz mumkin.

2015@ URDU | All rights are reserved.| Department of IT