Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

Fizika-matematika fakultetida Janubiy Koreyaliklar bilan seminar bo’lib o’tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-07-11



9-iyul kuni Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Janubiy Koreyaning Sungkyunkwan universitetidan tashrif buyurgan 2 nafar professor va 7 nafar talabalardan iborat ko’ngillilar delegatsiyasi bilan seminar bo’lib o’tdi. Delegatsiya Janubiy koreyaning Milliy axborot agentligi (NIA) va TATU o’rtasida imzolangan memorandum asosida “AKT sohasida dasturiy ta`minotlar” mavzusida o’quv-trening o’tkazish uchun 1-iyul kuni Urganch shahriga yetib kelishgan edi.
UrDU Fizika-matematika fakulteti dekani J. Xujamov va Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri H. Madatovlar tashabbusi va boshchiligida tashkil qilingan seminar fakultet dekani, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, kafedra o’qituvchi-professorlari hamda fakultet talabalari ishtirolida bo’lib o’tdi. Tashrifning asosiy maqsadi bo’lgan “AKT sohasida dasturiy ta`minotlar” mavzusidagi treningdan tashqari Janubiy Korea madaniyati va O’zbekiston bilan madaniy-ma`rifiy aloqalar to’g’risida suhbat bo’lib o’tdi. Unda mehmon universitetdan kelgan delegatsiya professorlari – Bona Song va Song Kyo Songlar so’zga chiqishdi, keyin delegatsiya a`zosi – Heo Yunbeomning ma`ruzasi tinglandi. Talabalar hamda yosh o’qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.