Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Tabiiy fanlar fakultetida “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusidagi tadbir

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-03-01



Tadbirni Tabiiy fanlar fakul’teti ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Do‘schanovochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi № 87-02-363 sonli xatiga asosan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV kasalligi, giyoxvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejasi ishlab chiqilganligi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi va ushbu mavzu yuzasidan tashrif buyurgan mehmon bilan tanishtirdi.
SHundan keyin Tadbirda Otojonov Farxod Pulatovich so‘zga chiqib, Giyoxvandlik-insonning giyoxvand moddaga o‘rganib qolishiga aytiladi. Giyoxvandlik-bu, og‘ir xastalikdir, ya’ni u yoki bu narkotik moddalarga yoki kayf beruvchi moddalarga ishqibozlik va moyillik xosil qilishdir, ya’ni inson o‘z ixtiyori bilan miyasini zaxarlaydi. Natijada ushbu o‘ta gunox va noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ygan shaxs o‘zining odamiylik kiyofasini yukotadi, uzining oliyjanob insoniylik ko‘rinishidan judo buladi. Ruxan nosog‘lom xolga keladi, kasb-xunaridan maxrum bo‘lib koladi, oqibatda jinoiy ishlarga qul uradi, o‘g‘rilik qiladi, o‘ziga xam boshqalarga xam baxtsizlik keltirib chikaradi. Giyoxvandlikka mubtalo bo‘lgan kishi atrof-muxitda bulayotgan voqealarga beparvo bo‘lib koladi. Uning girdobiga tushgan bemor nafakat uz yaqinlari balki yurtini xam tanimaydigan mankurtga aylanadi. Mana shuning o‘ziyoq giyoxvadlikning nakadar tubanlikka olib borishini anglatadi. Giyoxvandlik insonga xar tomonlama ulkan zarar beradi. Buni tibbiyot mutaxassislari bir ovozdan tasdiklashmoqda. Giyoxvandlik oqibatida o‘nlab tuzalmas kasalliklarga yo‘liqish, xotirani susaytiradi, bosh, yurak, sil, istisko xastaliklarini yuzaga keltiradi, bevaqt o‘lim xolatlari, majrux, aqli nokis farzandlar tug‘ilishi isbotlagan. Bundan tashkari, bu zararli illat insonni o‘ta yalkov, kamg‘ayrat, oilaga beparvo, xamiyatsiz, jinsiy zaif qilib qo‘yadi, ko‘zini xiralashtiradi,tishlarni to‘kib yuboradi va x.k. SHuningdek Farxod Po‘latovich Giyoxvandlikning kelib chiqishi, tarqalish to‘g‘risida o‘z prezentatsiyalarini talabalarga namoyish qildi. Kasallikning oldini olish avvalom bor sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlik, unga amal qilmaslik esa turli kasalliklarga sababchi bo‘lishi va bu borada qilinadigan amaliy harakatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Tuproqshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari G‘.YOqubov OITS asosiy zarbani yoshlarga beryapti. OITS bilan zararlangan xar to‘rtinchi odam-bu 25 yoshga to‘lmagan erkakdir. Statistikaning qo‘rkinchli ma’lumotlarini xam esdan chikarmaslik kerak: keyingi yillarda OIV dan zarar ko‘rgan ayollar soni ko‘payib bormokda, ular nafakat o‘z sheriklariga, balki yangi tug‘ilajak go‘daklarga xam bu kasallikni yuktirmokdalar. Bu degani kelajak avlodga xavf tug‘ilmokda. SHunday ekan, OITS va giyoxvandlik bilan kurashda faol ishtirok etish o‘zini «inson» deb xisoblagan xar bir shaxsning burchidir. Bu burchni fakatgina 1 dekabr kuni emas, xar kuni eslab turish lozimligini ta’kidladi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasisdan javob oldilar.