Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Turizm va iqtisodiyot fakultetida ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 17 Апрел 2017

Turizm va iqtisodiyot fakultetida 2017 yil 17 aprel kuni ilmiy-nazariy seminar bo`lib o`tdi. Ushbu ilmiy-nazariy seminarda fakultetimizning barcha professor-o`qituvchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalari ishtirok qilishdi. Seminarda “Xizmat ko`rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo`yicha katta ilmiy xodim izlanuvchi M.Masharipova “Xizmat ko`rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi O`zbekistonda mustaqillik yillarida xizmatlar sohasining rivojlanishi va tasniflanishining uslubiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berib o`tdi. Ma`ruzaning maqsadi O`zbekistonda mustaqillik yillarida xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalarini chuqur tahlil qilgan holda sohani tasniflash bo`yicha uslubiy yondashuvlar hamda ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Masharipova M. xizmatlarni turli guruhlarga ajratib, har bir xizmatning xususiyatlari, xizmatlarning ijobiy va salbiy tomonlari, zamonaviy yangi xizmatlar haqida ham batafsil ma’lumot berib o`tdi. Shundan so`ng, professor-o`qituvchilar ma’ruzachiga mavzuga oid o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va yetarlicha javob oldilar.
O`tkazilgan ilmiy-nazariy seminar bahs-munozaraga boy va mushohadaga chorlovchi tarzda bo`lib o`tdi.