Urganch davlat universitetida «Ekologiya va atrof muxit muxofazasi» yo'nalishi bo'yicha Respublika fan olimpiadasining 2-yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-05-15



Urganch davlat universitetida «Ekologiya va atrof muxit muxofazasi» yo‘nalishi bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining 2-yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq talaba-yoshlarning mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Unda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Buxoro davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent irrigatsiya va meliratsiya instituti, Andijon Davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti xamda Urganch davlat universiteti talabalari ishtirok etdi.
Olimpiadada Urganch davlat universiteti rektori f.m.f.d, B.Abdullaev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni samimiy qutladi va “Ekologiya va atrof muxit muxofazasi” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasini ochiq deb e’lon qildi.
Qur’a tashlash yo‘li bilan hakamlar, mandat va adolat hay’ati tarkiblari aniqlandi.
Ikki kun davomida o‘tkazilgan olimpiada 4 ta bosqichda olib borildi. 1-yozma 2-test, 3-ijodiy va 4-og‘zaki javoblar shartidan iborat bo‘ldi.
Hakamlar hay’ati barcha turlar bo‘yicha topshiriqlarni tekshirib, o‘z xulosasini berdi.
Unga ko‘ra Surxandaryo viloyati Termiz davlat universiteti talabasi CHorieva SHaxlo Kulto‘ra qizi 261 ball bilan 3–o‘rinni, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Rajabova Nilufar Davlat qizi 263 ball bilan 2-o‘rinni, Urganch davlat universiteti talabasi Abdullaeva Raxila Baxtiyorovna 275 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. Fan olimpiadasining yakuniy yopilishida Urganch davlat universiteti prorektori t.f.d. S.Davletov ishtirok kildi va ishtirokchilarning barchasini tabriklab diplom, faxriy yorliq va estalik sovg‘alari topshirdi.