Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

Urganch davlat universitetida “Bitiruvchi-2018” tadbiri

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-07-07



2018 yil 7 iyul kuni Urganch davlat universitetida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” bosh g‘oyasi asosida 2017-2018 o‘quv yilida magistratura va bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarimizga tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
2017/2018 o‘quv yilida universitetni bakalavriat bosqichida 1886 nafar, magistratura bosqichida 27 nafar yoshlar bitkazdi. 39 nafar yoshlarimiz imtiyozli diplomga ga bo‘lishdi.
YAkunlanayotgan o‘tgan o‘quv yilida universitetimiz yoshlari ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘zlarining qobiliyot va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, yoshlarimizdan 2 nafari Navoiy, 1 nafari Ulug‘bek, 1 nafari Beruniy, 1 nafari Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. Bir nafar talabamiz ya’ni, Turizm va iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi Zuxra Abdukarimova 2018 yilgi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi PQ–3816-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Allabergenov Zafar Ulug‘bekovich taqdirlandi.
Bundan tashqari, 15 nafar talabalar 2018 yilgi respublika fan olimpiada g‘olib va sovrindorlari bo‘lishdi.