Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Urganch davlat universitetida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlarning malakasini oshirish markazi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-04-14



2018 yil 14 aprel kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlarning malakasini oshirish markazi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni ochib bergan universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" doirasida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi . Tadbirda yuridik fanlari doktori Boboqul Norqobulovich Toshev “Qabul qilinayotgan normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida”, yuridik fanlari nomzodi, dotsent G‘aybulla Alimov “Odam savdosi –mudhish jinoyat” mavzusida, yuridik fanlari doktori, professor SHuxrat Xasanovich Fayziev “Korrupsiya va unga qarshi kurashish omillari” mavzusida ma’ruzalar qildilar. Ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashgan universitetning Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.