Yangi texnopark

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2018-11-08


Yangi texnopark 7 noyabr soat 11 da rektorat binosida manaviyat honasida Portugaliyaning Porto universiteti Kimyo va Biokimyo kafedrasi Fan ta'lim fakulteti professori Maria Ramos Porto universitetida 15 yil ilgari tashkil topgan Techno park faoliyati strukturasi, ilmiy tadqiqotlar yo'nalishlari haqida taqdimot o’tkazdi. Techno parkda mavjud ilmiy tadqiqotlar ishlanmalari va faoliyat olib borayotgan kompaniyalar turlari to'g'risida ham batafsil malumotlar berib o'tdi. Taqdimotda universitet rektori B.Abdullayev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov, professor M.Jumaniyazov, kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor o'qituvchilari va ishtirok etishib Urganch Davlat universitetida tashkil qilinishi rejalashtirilgan Technopark hususida belgilab olingan ilmiy tadqiqot yo'nalishlari hamda ishlanmalar bo'yicha professor Maria Ramos bilan fikr almashdilar. Kelajakda UrDU professor o'qituvchilarini Porto universiteti Technopark faoliyatini o'rganish uchun malaka oshirishga birgalikda hamkorliklar qilish rejalashtirib olindi.