Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Mintalitetimizga yot g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlamasin

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2016-03-16

Mintalitetimizga yot g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlamasin

     Yoshlarni ommaviy madaniyat, diniy ekstremiz kabi mintalitetimizga yot g’oyalar ta’siridan asrash, ularda turli xil g’oyaviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifadir. Bu yuzadan ko’plab jamoat tashkilotlari qatori O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi   ham keng ko’lamli targ’ibot ishlari olib bormoqda. Partiya Urganch shahar kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Urganch Davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz yoshlar:  “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati  bunga misoldir.
Davra suhbatida O’zMTDP Urganch shahar kengashi faollari, UrDU talaba va o’qituvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida ta’kidlanganidek, bugungi  kunda moda, chet el filmlari, telekanallari, internet saytlari orqali targ’ib qilinayotgan “ommaviy madaniyat” yoshlarimizda nafaqat milliy qadriyatlarimizga, balki umuminsoniy qadriyatlarga ham befarqlik tuyg’usini shakllantirishga urinmoqda.
–Hammangizga ma’lum oila umuminsoniy muqaddas qadriyat hisoblanadi. Ammo, bugungi  kunda G’arb dunyosida ushbu institutga ham jiddiy putur etmoqda, –dedi tadbirda so’zga chiqqan O’zMTDP Urganch shahar kengashi raisi o’rinbosari, UrDU filologiya fakulteti Rus tili  va adabiyoti kafedrasi dotsenti Otanazar Cho’ponov. –Oila a’zolarining bir-biri oldidagi mas’uliyati, oilaning ma’naviy tarbiya o’chog’i sifatidagi roli yo’qolmoqda. Ma’naviyati yo’q odamda esa, ota-onaga, qarindosh urug’lariga, va hatto, Vatanga ham muhabbat bo’lmaydi. Bunday odam har qanday jinoyatga qo’l urishdan, hatto, Vatanini sotishdan ham tap tortmaydi.Shuning uchun o’z yaqinlari oldida mas’uliyatni sezmasdan erkin yashayotgan insonlarning yarqiroq hayotini namoyish qiluvchi  filmlar qanday g’oyalarni targ’ib qilayotganligini  yoshlarimiz yaxshi  tushunishlari lozim.
Ta’kidlanganidek, ushbu haqiqatni  universitet talabalari, ya’ni bo’lajak pedagoglar yaxshi anglashlari va tengdoshlariga “ommaviy madaniyat” g’oyalarining  ma’naviyatimizga  nechog’lik katta zarar etkazishini tushuntirishdan  aslo charchamasliklari  zarur.

      Tadbirda talabalar  “Ommaviy madaniyat”  g’oyalariga  milliy ma’naviy qadriyatlarimizni targ’ib qilish orqali kurashish borasida o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar.