CLASS



Loyiha nomi: Markaziy Osiyo universitetlarida Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini yaratish
Loyiha nomining qisqartmasi: CLASS
Loyiha raqami: 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP
Koordinator universitet: Santiago de Compostela universiteti
Loyihaning umumiy miqdori: 760 370,00 evro.
Loyihaning ishlash muddati: 15/10/2017 dan 14/10/2020 gacha



Academik hamkor universitetlar


Mamlakat

Hamkorlar

1

Ispaniya

Santiago de Compostela universiteti

2

Ispaniya

La Corunya universiteti

3

Gretsiya

Afina Texnologiyalar Instituti

4

Portugalya

Porto Universiteti

5

Polsha

Adam Mickiewicz Universiteti

6

O'zbekiston

Urganch Davlat Universiteti

7

O'zbekiston

Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti

8

O'zbekiston

Toshkent Davlat O'zbek tili va Adabiyoti Universiteti

9

O'zbekiston

O'zbekiston Milliy Universiteti

10

Qozog'iston

Kostanay Davlat Universiteti

11

Qozog'iston

Evroosiyo Milliy Universiteti

12

Qozog'iston

Al-Farabi Kazakh National University, KazNU



Ishchi paketlar:
WP1-Talablar va salohiyatni tahlil qilish
WP2- O'quv dasturini ishlab chiqish
WP3 - NLP vositalarini ishlab chiqish va onlayn kurslar uchun “Blended learning” texnologiyasini qo’llash
WP4-Targ’ib qilish va barqarorlikni saqlash
WP5-Sifat yaxshilash rejasi
WP6-Umumiy va tahsimlangan loyiha boshqaruvi
Loyihaning asosiy maqsadi:
• Magistratura talabalari uchun Kompyuter Lingvistikasi bo'yicha magistratura dasturini yaratish hamda O'zbekiston va Qozog'iston oliy o'quv yurtlari tashabbuslari asosida Blended Learning ta'lim texnologiyalarini maxsus kurslarini o’qitishga tadbiq etish.
Loyihaning aniq maqsadlari :
• Mavjud dasturlarni diqqat bilan tahlil qilish orqali 7 ta Markaziy Osiyo universitetlarida Kompyuter Lingvistikasi bo’yicha magistratura dasturi yaratish va amalga oshirish.
• Blended Learning ta'lim texnologiyalarini maxsus kurslarini o’qitishga tadbiq etish
• O'zbek va Qozoq tillari uchun NLP vositalarini ishlab chiqish.
Loyiha uchun uskunalar:
Fanning tilshunoslik va informatika kabi ikkala sohasi uchun barcha hamkor universitetlar uchun loyiha hujjatlari uchun ikkita printer va ikkita skayner qurilmasi kiritilgan. Bundan tashqari, yillik va chorak yig'ilishlarida foydalanish uchun to'rtta noutbuk sotib olish loyiha rejasiga kiritilgan. Magistratura dasturlash va NLP vositalari bilan to’laqonli bog’liq bo’lganligi sababli 10 ta HP kompyuterlari kiritilgan. Shuningdek, ochiq onlayn kurslar uchun server va aksessuarlar (UPS, Enclosure, Network equipment and vositalari), kamera Canon, Falcon Eyes Power Station, mikrofon kabi uskunalar ham sotib olinishi rejalashtirilgan.