Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

E'lonlar

Sen 19

2018-yil 19-sentabrda “She’riyat shohsupasi” ko‘rik tanlovining navbatdagi soni o‘tkaziladi.

09.00Asosiy bino

2018-yil 19-sentabrda “She’riyat shohsupasi” ko‘rik tanlovining navbatdagi soni o‘tkaziladi. Tanlov qozoq shoiri va oqini Abay Qo‘nonboyev hamda turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy she’riyatiga bag‘ishlanadi. Barcha xohlovchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz.

Avgust 05

O‘qishni qayta tiklash va ko‘chirishni hohlovchilar diqqatiga !

09.00Asosiy bino

O‘qishni qayta tiklash va ko‘chirishni hohlovchilar diqqatiga !
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 iyundagi 563-sonli buyrug‘iga ko‘ra idoraviy bo‘ysunishga va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar (Xorazm viloyati bo‘yicha) Respublika Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizalar Urganch Davlat universitetida qabul qilinadi.
Hujjatlar 2018 yil 15 iyuldan 5 avgustiga qadar, (talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yohud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) horijdagi davlat xizmatidan qaytgan)lar uchun – joriy yilning 20 dekabridan 2019 yilning 20 yanvariga qadar rektorat Ilmiy tadqiqot va IPK tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar :
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasi qoshidagi talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash idoralararo komissiyasi nomiga ariza;
2. Reyting daftarchasidan ko‘chirma;
3. Pasport nushasi;
4. Uy adresi yozilgan bitta konvert.
5. O‘qishni qayta tiklashni hohlovchilar qo‘shimcha ravishda bola tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi / Qurolli kuchlarda xizmat qilganligi haqidagi tegishli guvohnoma nusxasi / o‘qishdan haydalganligi yoki akademik ta’til olganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma olib kelishlari lozim.
Ish tartibi :
Har kuni – 900 dan 17 00 gacha, (yakshanba – dam olish kuni; shanba kuni – soat 9-00 dan 15-00 gacha).

Iyul 30

Bitiruvchilar diqqatiga! Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida respublikaning har bir hududida Bo`sh ish o`rinlar yarmarkalari o`tkazilmoqda.

09.30Asosiy bino

Bitiruvchilar diqqatiga! Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida respublikaning har bir hududida Bo`sh ish o`rinlar yarmarkalari o`tkazilmoqda.
Batafsi:mehnat saytida

Batafsil: Yuklab olish

Iyun 30

UrDU akademik litseyi 2018-2019 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9- sinfni tugatgan iqtidorli o‘quvchilarni quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qiladi:

09.00Asosiy bino

UrDU akademik litseyi 2018-2019 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9- sinfni tugatgan iqtidorli o‘quvchilarni quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qiladi:
1.Aniq fanlar yo‘nalishi
a) fizika-matematika,
b) iqtisod.
2. Tabiiy fanlar yo‘nalishi
a) biologiya-kimyo.
3. Xorijiy fanlar yo‘nalishi
a) ingliz tili,
b) nemis tili,
v) fransuz tili.
4. Ijtimoiy gumanitar fanlar yo‘nalishi
a) ona tili va adabiyot-tarix.
O‘quvchilarni qabul uchun zarur xujjatlar:
1.Akademik litsey direktori nomiga ariza.
2.Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.
3.Foto rasm (3.5*4.5 hajimda) 6 dona, shu rasm orqa tamoniga maktab direktorining imzosi va muhri(pechati) .
Xujjatlar 20 iyundan-30 iyungacha qabul qilinadi
Manzil Urganch shahar SHovot ko‘chasi 27 uy.
Tel: 22 9-38-19

Iyun 30

Bitiruv malakaviy ishlarining himoyalari bo‘lib o‘tadi.

14.00-17.00Gurlan ko`chasi

2018 yilning 1 – 30 iyun kunlari soat 1400-1700 da UrDU Turizm va iqtisodiyot fakultetining 1.6-auditoriya xonasida “Iqtisodiyot”, Kasb ta’limi”, “Turizm” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlarini bitkazuvchi talabalar bitiruv malakaviy ishlarining himoyalari bo‘lib o‘tadi. Hohlovchi talabalarni taklif qilamiz.