Amaliy matematika
![]() |
|
Qabul yo‘nalishlari
1. 5130200 – Amaliy matematika va informatika
2. 5140300 – Mexanika
Kafedra salohiyati
Kafedrada 20 nafar professor o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan, 5 nafari fan doktori, 6 nafari fan nomzodi, 3 nafar o‘qituvchi Yevropa universitetlari MS (magistr darajasi) sohiblari, 2 nafar o‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindorlaridir.
Kafedra ilmiy seminarlari
1. Differensial operatorlar uchun teskari spektral masalalar va ularning tatbiqlari (rahbari prof. A.B.Hasanov)
2. Mexanikaning dolzarb muammolari (rahbari prof. Q.N.Navro‘zov)
Kafedraning xalqaro hamkorliklari
Hozirgi kunda kafedra xorijning 20 ga yaqin nufuzli universitetlari bilan ilmiy hamkorlik qilib, o‘zaro tajriba almashmoqda:
f.-m.f.d. G‘.O‘razboyev – Duisburg-Essen universiteti, Germaniya (2011 yil 3 oylik malaka oshirish);
f.-m.f.d. A.Yaxshimuratov–Santyago de Kompostella universiteti, Ispaniya (2011 yil, 10 oylik malaka oshirish);
f.-m.f.n. B.Babajanov – Dublin Institute of Technology (2013 yil, 10 oylik malaka oshirish);
kafedra o‘qituvchilari U.Karimov, A.Babajanova va N.Jumaniyozovlar Santyago de Kompostella universiteti Ispaniya (2013 yil, 18 oylik malaka oshirish).
Davlat stipendiantlari va olimpiada g‘oliblari
1. Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Matlatipov San’atbek talabalar uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
2. Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Kamalov Ne’matjon talabalar fan olimpiadasining matematika fani bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli II o‘rinni egalladi.
# | Ismi-Sharifi | Lavozimi | |
---|---|---|---|
1 | Babajanov Bazar | a.murod@mail.ru | f.-m.f.n |
2 | Xasanov Aknazar | ahasanov2002@mail.ru | prof. |
3 | Urazboev Gayrat | gayrat71@mail.ru | f.-m.f.d |
4 | Yaxshimuratov Alisher | albaron@mail.ru | f.-m.f.n |
5 | Ruzmetov Murod | rmurod2002@mail.ru | asistent |
6 | Saparbaeva Dilfuza | sdilfuza76@mail.ru | asistent |
7 | Salaev Sapaboy | salayev83@mail.ru | asistent |
8 | Xasanov Muzaffar | hmuzaffar@mail.ru | assistent |
9 | Matyakubov Muxammad | mmm2210410@mail.ru | assistent |
10 | Karimov Umid | umid_karimov@yahoo.com | assistent |
11 | Jumaniyozov Nizom | nizomjon_jumaniyazov@yahoo.com | assistent |
12 | Madraximov Umrbek | umadraximov@mail.ru | asistent |
13 | Xujatov Nurbek | n0 email | asistent |
14 | Babajanova Oygul | oygul@bk.ru | assistent |
15 | Abdukarimov Faxriddin | goodluck_0714@mail.ru | assistent |
16 | Navruzov Kurol | n0 name | prof. |
17 | Mamedov Kudrat | mqudrat@mail.ru | f.-m.f.n |
18 | Allaberganov Odilbek | Odilbek5153@mail.ru | f.-m.f.n |
19 | Xaitmetov Umid | x_umid@mail.ru | f.-m.f.n |
20 | Reyimberganov Anvar | anwar2006@mail.ru | f.-m.f.n |
I. Shturm-Liuvill operatorlari uchun qo’yilgan to’g’ri va teskari spektral masalalar va ularning nochiziqli evalyutsion tenglamalarni integrallashga tadbiqlari.
II.Davriy potensialli Dirak operatorlari uchun qo’yilgan to’g’ri va teskari spektral masalalar va ularning tadbiqlari.
III.Matritsiyaviy koeffitsentli Shturm-Liuvill operatorlari uchun qo’yilgan to’g’ri va teskari spektral masalalar.
IV.Diskret tenglamalar uchun qo’yilgan to’g’ri va teskari masalalar va ularning nochiziqli evalyutsion chekli ayirmali tenglamalarni yechishga tadbiqlari.
2014-2015 ЎҚУВ ЙИЛИДА КУЙИДАГИ МАКОЛАЛАР ЧОП КИЛИНДИ.
Илмий анжуманларда катнашиш.
Жорий укув йилида кафедрамиз профессор-укитувчилари куйидаги
Йил давомида ўтказилган халқаро ва республика илмий-амалий конференцияларида қатнашиш ҳамда уларда чоп этилган илмий мақолалар.

Italiya Davlatining Turin Politexnika universiteti professori Roberto Fontana 2018-yil 18 yanvardan boshlab ECCUM loyihasi doirasida “Amaliy statistika” fanidan “Matematik injiniring” magistratura mutaxassisligi talabalari hamda fizika-matematika fakulteti iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilari uchun ma’ruza qilmoqda.




2018 yil 19 yanvar Fizika-matematika fakultetida kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Qaxramoni, senator, Bog‘ot fermer xo‘jaligi rahbari SHaripboy aka Rajabov o‘z xotiralarini so‘zlab berdi. SHarifboy akaning fermer xo‘jaligiga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ikki marta tashrif buyurganliklari va birga suhbatlashganliklari haqida ham talabalarga so‘zlab berdilar





2017 yil 22 dekabr kuni Pedagogika fakultetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi bosh yurist-konsultanti mayor Murod Xajinazarovich YUsupov, Urganch shaxar bosh imom xatibi o‘rinbosari Xoshimjon Atajanovlar ishtirok etib, hozirgi globallashuv jarayonida dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgani, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligini, terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm - allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanganligini ta’kidlab o‘tdilar. Ma’ruzachilar yoshlarga turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siri hamda aqidasiga qarshi o‘zida immunitet hosil qilish, buning uchun mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash kerakligini ta’kidladilar.




UrDU fizika-matematika fakultetida “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Xorazm viloyati narkologiya dispanseri shifokori, nevropatolog narkolog Atajonov Farhod qatnashib, talabalarga giyohvand moddalar qabul qilish natijasida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar, uning natijasida kelib chiqadigan kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tadbir so‘ngida "Giyohvandlik asr vabosi" nomli videofilm namoyish qilindi.



2017 yil 7 dekabr kuni fizika-matematika fakultetida "Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati Urganch shahar bosh imom hatibi o‘rinbosari Otajonov Hoshimjon, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Mo‘mina qatnashdi.





«Amaliy matematika» kafedrasi o‘qituvchisi Jumaniyazov Nizomjon Baxtiyorovich 01.12.2017 sanasida PhD ilmiy darajasini olish uchun Ispaniyaning Santiago de Compostela universitetida professor Óscar López Pouso ilmiy rahbarligida «Numerical resolution of Fokker-Plank type kinetic equations» mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.



Tadbirda Urganch Davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi SH. Nurullaeva, Urganch Davlat universiteti murabbiylar kengashi raisi SH.Ismailova, “Amaliy matematika” kafedrasi o‘qituvchisi D.Saparboevalar talabalar bilan mavzu bo‘yicha suhbatlashdilar.



14-Dek Манзилгоҳ : Урганч шаҳри, Ҳ. Олимжон кўчаси, 14-уй. Телефон: 224-67-00, 224-66-64.
1.Кафедра катта ўқитувчиси:
1.Транспорт тизимлари.2. Қурилиш ва архитектура.
2.Кафедра ўқитувчиси:
1.Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. 2.Қурилиш ва арихитектура 3.Кимёвий технологиялар..4. Миллий ғоя, маънавият асослари ва ҳуқуқ таълими. 5.Факультетлараро чет тиллари.6.Туризм
3.Кафедра ўқитувчи-стажёри:
1. Кимёвий технологиялар.2. Қурилиш ва рхитектура.3. Биология.4. Амалий математика.5.Ахборот технологиялари.
Танлов муддати : Эълон чиққан кундан бошлаб бир ой.
07-Okt.
Kafedra quyudagi universitet va ilmiy markazlar bilan aloqalarga ega:
1)Sandiago de Kompostella universiteti(Ispaniya)
2)International Centre for Theoretical Physics (Italya)
07-Iyul Урганч шаҳри, Ҳ. Олимжон кўчаси, 14-уй.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2016 йил 02 июлдаги № 270-сонли буйруғига кўра Хоразм вилояти бўйича Республика Олий таълим муассасаларига ўқишни кўчириш ва қайта тиклаш ҳақидаги аризалар Урганч Давлат университетида қабул қилинади.Ҳужжатлар 2016 йил 06 июлдан 5 августгача университет асосий биносининг 2 -қавати, 234-хонаси (Халқаро алоқалар бўлими) да қабул қилинади.
Талаб қилинадиган ҳужжатлар :
1. Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига қабул қилиш Давлат комиссияси қошидаги талабалар ўқишини кўчириш, тиклаш идоралараро комиссияси номига ариза;
2. Рейтинг дафтарчасидан кўчирма;
3. Уй адреси ёзилган битта конверт;
4. Ўқишни қайта тиклашни ҳоҳловчилар
қўшимча равишда бола туғилганлик тўғрисидаги гувоҳнома нусҳаси / Қуролли кучларда хизмат қилганлиги ҳақидаги тегишли гувоҳнома нусҳаси / Ўқишдан ҳайдалганлиги ёки академик таътил олганлиги тўғрисидаги буйруқдан кўчирма олиб келишлари лозим.
Манзил: Урганч шаҳри, Ҳ. Олимжон кўчаси, 14-уй.
Телефонлар: (0362)-224-66-11, (+99893)- 922-9944.
Электрон почта: ursubox@gmail.com
19-Apr Asosiy bino
2016 йил 19 апрель куни Урганч давлат университетида олий таълим муассасалари ўртасида “Эртанги кун бизники, марра бизники” шиори остида илмий маърузалар танловининг ҳудудий босқичи бўлиб ўтади. Ҳудудий босқичда Қорақалпоғистон Республикаси, Бухоро ва Хоразм вилоятлари олий таълим муассасалари қатнашади. Танлов қуйидаги билим соҳалари бўйича ўтказилади: - Гуманитар соҳа; - Ижтимоий соҳа, иқтисод ва ҳуқуқ; - Ишлаб чиқариш-техник соҳа; - Қишлоқ ва сув хўжалиги; - Соғлиқни сақлаш ва ижтимоий таъминот; - Хизматлар соҳаси. Танловга тақдим этиладиган илмий мақолалар учун талаблар: - илмий мақолалар танлов йўналишларига оид долзарб мавзуларда, илмий таҳлил ва тугалланган фикрлар асосида, тегишли таклиф ва тавсиялар билан тақдим этиш лозим; - танловга илмий мақолалар ўзбек ва рус тилларида тақдим этилиши мумкин. Илмий маъруза учун учун талаблар: - маъруза тақдимот (презентация) шаклда амалга оширилиши; - презентация слайдлари сони 10дан ошмаслиги; - презентация тегишли таклиф ва тавсиялар ҳамда фойдаланилган адабиётлар билан тугаши лозим. Илмий мақола матнлари таҳрир қилинган ҳолда А-4 формат қатталикдаги қоғозга, юқоридан ва пастдан 2,5 см., чапдан 3 см., ўнгдан 1,5 см. жой қолдириб расмийлаштирилади. Мақоланинг номи бош ҳарфлар билан ёзилади ва 1,5 интервалдан сўнг бош ҳарфларда муаллифнинг исми, шарифи ва фамилияси ёзилади, 1 интервалдан кейин ташкилот ва шаҳар номи кўрсатилади. Сўнгра 1,5 интервал қолдирилиб матннинг мазмуни 1,5 интервалли сатрларда ёзилади. Илмий мақола матни саҳифаланмаган бўлиб, унинг электрон нусхаси Word дастурида, Times New Roman шрифтининг 14 кегел катталигида бўлиши ва 5 бетдан ошмаслиги лозим.Kafedra quyudagi universitet va ilmiy markazlar bilan aloqalarga ega:
1)Sandiago de Kompostella universiteti(Ispaniya)
2)International Centre for Theoretical Physics (Italya)