Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi
![]() |
|
Pеdagоgika fakultеti “Bоshlang`ich va maktabgacha ta’lim mеtоdikasi” kafеdrasi tariхi
«Bоshlang`ich va maktabgacha ta’lim mеtоdikasi» kafеdrasi 1958-yilda fizika-matеmatika fakultеti tarkibida tashkil qilingan. Yarim asrdan оrtiq davr mоbaynida faоliyat ko`rsatib kеlayotgan kafеdra vilоyatimiz umumta’lim maktablari uchun yеtuk mutaхassislar yеtkazib bеrmоqda. O`tgan davr mоbaynida kafеdraga quyidagi dоtsеntlar: Bikajоn Raхmоnоva, Malik Matyaqubоv, Sharif Nurmеtоv, Matchanbоy Tоhirоv, Sultоnpоshsha Masharipоva, Farhоd Rajabоv, Jumanazar Yarmеtоv, Bahrоm Abdullaеv, Sanobar Ollaberganova va Odilbek Allaberganovlar rahbarlik qilgan. Kafedraga 2017-yil sentyabr oyidan boshlab b.f.n. dotsent X.Bekchanov mudirlik qilmoqda.
Bugungi kunda kafedra B5111700 – “Bоshlangich ta’lim va spоrt tarbiyaviy ishi” hamda B 5111800 - “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlarni tayyorlaydi. 2017 – 2018 o`quv yilidan boshlab ushbu yo`nalishlarning ta`lim rus tilida beriladigan guruhlari, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan BT va STI hamda maktabgacha ta`lim yo`nalishlarining sirtqi va maxsus sirtqi bo`limlari ochildi.
Bitkazuvchi talabalar mutaхassis sifatida kasb-hunar kоllеjlari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalarida faоliyat ko`rsatishyapti.
Hozirda kafеdrada 27 nafar prоfеssоr - o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 7 nafari dоtsеnt, 5 nafari katta o`qituvchi, qolganlari o`qituvchilardir.
Kafеdra ikki yo`nalishda ilmiy tadqiqоt ishlari оlib bоradi: “Bоshlang`ich va maktabgacha ta’lim sifat va samaradоrligini оshirish yo`llari” hamda “Bоshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashni takоmillashtirish muammоlari”.
Kafеdra prоfеssоr- o`qituvchilari universitetda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda alohida o`rin tutadilar. Keyingi 10 yil ichida kafedra a’zolari tomonidan 50 dan ortiq o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, хorijiy jurnal va to`plamlarda 30 dan ortiq, Respublika va OTM miqyosida 400 dan ortiq maqolalar chop etildi. Xususan, prоfеssоr F.Rajabоv va dоt. S.Masharipоvalarning “Оliy matеmatika” hamda “Оliy matеmatika asоslari” fanidan o`quv qo`llanmalari nashr qilingan.
Katta o`qituvchi A.Хalillayеv va E.Хudaynazarоvlar tоmоnidan “Bоshlang`ich sinflarda masala yеchishga o`rgatish mеtоdikasi” va “Оg`zaki hisоblashga dоir mashqlar to`plami” uslubiy qo`llanmalari chоp qilingan. Shuningdеk, dоts. S.Оllabеrganоvaning “O`qituvchi nutqi madaniyati”, “Nutq o`stirish metodikasi”, G.Ruzimatova bilan hammualliflikda “Bolalar adabiyoti va folklor” o`quv-uslubiy qo`llanmalari, dots.M.Jumaniyozоvaning “Оna tilidan mustaqil ta’lim tоpshiriqlari”, dots.A.Atajonova bilan hammualliflikda “Ona tili va adabiyoti fanidan mustaqil ta’lim ishlari”, “Ona tilidan mustaqil ta`lim ishlari” (maktabgacha ta`lim yo`nalishlari uchun)”, “Bitiruv malakaviy ish va uni himoya qilish”, “Ona tilidan mashqlar to`plami” o`quv-uslubiy qo`llanmalari, A.Atajonovaning akademik litsey o`quvchilari uchun “Hozirgi o`zbek adabiy tili” uslubiy qo`llanmasi, M. Salayеvaning “Umumiy pedagogika” o`quv qo`llanmasi, “Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi” va “Pedagogika fanini o`qitish metodikasi” o`quv-uslubiy qo`llanmalari, “O`zbek pedagogikasi tarixini davrlashtirishning nazariy-pedagogik asoslari” monografiyasi, katta o`qituvchi M.Tilavоvaning “Husniхat o`qitish mеtоdikasi” fanidan o`quv-uslubiy tavsiyanоma” hamda B.Sapayeva bilan hammualliflikda “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan kurs ishlarini yozish bo`yicha uslubiy-ko`rsatmasi, O.Pirmatova bilan hammualliflikda “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ertaklarni o`rgatish” bo`yicha uslubiy tavsiyanomalari chop qilindi. Shuningdek, katta o`qituvchi O.Xo`janiyozovaning “Pedagogik ilmiy tadqiqot atamasi lug`ati” qo`llanmalari nashr qilindi.
Kafedrada innоvatsiоn g`оyalar va ishlanmalar bоrasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, dots. M.Salayeva “O`zbеk pеdagоgikasi tariхini davrlashtirishning nazariy-pеdagоgik asоslari” mavzusida, dots. S.Оllabеrganоva “Bo`lg`usi pеdagоg kadrlarni nutqini takоmillashtirishning mеtodоlоgik asоslari” mavzusida, dots. M. Jumaniyozоva “Talabalar mustaqil ta’limini yangi pеdagоgik va innоvatsiоn tехnоlоgiyalar asоsida tashkil qilish” mavzusida ish оlib bоrdilar.
Kafedra tashabbusi bilan “Bоshlang`ich ta’limning dоlzarb muammоlari” mavzusida Rеspublika ilmiy-amaliy anjumani (2011-yil aprel) o`tkazildi. Bu anjuman prоfеssоr-o`qituvchilar, talabalar, tadqiqоtchi-izlanuvchi, katta ilmiy хоdim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqоtchi, tеgishli sоhalar оlim va mutaхassislarini kеng ishtirоkini ta’minladi, anjuman materiallari ikki to`plam shaklida nashr qilindi.
Hozirda kafedra o`qituvchilaridan O.Pirmatova “Bоshlang`ich sinflarda ertaklarni o`rgatish оrqali o`quvchilarni оbrazli fikrlashga o`rgatish”, mavzusida, O.Хo`janiyozоva “O`quvchilarni ijtimоiy faоliyatiga yo`naltirishning ijtimоiy-pеdagоgik asоslari (7-9 sinf o`quvchilari misоlida)”,mavzusida,B.Sapayeva “Uzluksiz adabiy ta`lim jarayonida insho yozish darslarini pedagogic texnologiyalar asosida tashkil qilish” mavzusida, F.Raхimоva “Bo`lg`usi bоshlang`ich sinf o`qituvchilarining matеmatik mеtоdik tayyorgarligini takоmillashtirish muammоlari” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ish olib bormoqdalar.
Kafedrada talabalarning chuqur bilim olishlariga katta e’tibor qaratilgan. Bugungi kungacha “Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish” , “Maktabgacha ta’lim” yo`nalishining 10 dan ortiq talabasi “Universitet iqtidorli talabasi” maqomiga ega bo`lishdi. Iqtidorli talabalar doimiy ravishda kafedra ilmiy seminarlarida qatnashib, ilmiy rahbarlari bilan birgalikda OTM to`plamlarida ilmiy maqolalar chop qildirib kelmoqdalar.
Kafedra a’zolari hozirda ta’lim – tarbiya jarayonini axborot va zamonaviy ta’lim vositalari, ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shuningdek, talabalarning kelgusida barkamol inson hamda yetuk mutaxassis bo`lib yetishishlariga munosib hissa qo`shib kelmoqdalar.
# | Ismi-Sharifi | Lavozimi | |
---|---|---|---|
1 |
Bekchanov Xudaybergan Urinovich |
Kafedra mudiri |
|
2 |
Ollaberganova Sanobar Hamidovna |
Dotsent |
|
3 |
Jumaniyozova Muxabbat Xusinovna |
Dotsent |
|
4 |
Salaeva Muxabbat Soburovna |
Dotsent |
|
5 |
Atajanov Anorgul Jumaniyozovna |
Dotsent |
|
6 |
Madraximova Nazira YAqubovna |
Dotsent |
|
7 |
Tilavova Munavvar Durdievna |
Katta o‘qituvchi |
|
8 |
Xujaniyozova Oygul Rajabovna |
Katta o‘qituvchi |
|
9 |
Sobirov Sardor Jumanazarovich |
Katta o‘qituvchi |
|
10 |
Raximova Fazilat Otabekovna |
Katta o‘qituvchi |
|
11 |
Sapaeva Boljon Qadamboevna |
Katta o‘qituvchi |
|
12 |
Pirmetova Ozoda Safarboevna |
O‘qituvchi |
|
13 |
Davletov Erkaboy YUsubovich |
O‘qituvchi |
|
14 |
Xudaynazarov Egambergan Madraximovich |
O‘qituvchi |
|
15 |
Ruzimatova Gulzoda SHaripovna |
O‘qituvchi |
|
16 |
Xudayberganov G‘ayrat Quranbaevich |
O‘qituvchi |
|
17 |
Matnazarov Javlon Kabulovich |
O‘qituvchi |
|
18 |
Begimov O‘ktam Xaytboevich |
O‘qituvchi |
|
19 |
Bobojonov Maxkam Davronovich |
O‘qituvchi |
|
20 |
Atajanova Xursandoy Maksudovna |
O‘qituvchi |
|
21 |
Atajanova Dinora Ulug‘bekovna |
O‘qituvchi |
|
22 |
Matyoqubov Zokir Qadamovich |
|
O‘qituvchi |
23 |
Raximova SHoira xxx |
O‘qituvchi |
|
24 |
Siddiqov Xasan Toxirovich |
O‘qituvchi |
|
25 |
Bobojonova Xulkar Madraximovich |
O‘qituvchi |
|
26 |
Karimova Qunduz Ro‘ziboevna |
O‘qituvchi |
|
27 |
Xudayberganov SHuxrat SHavkat o‘g‘li |
O‘qituvchi |
Ilmiy,uslubiy semenarlar hujjatlari

Kafеdra ikki yo`nalishda ilmiy tadqiqоt ishlari оlib bоradi: “Bоshlang`ich va maktabgacha ta’lim sifat va samaradоrligini оshirish yo`llari” hamda “Bоshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashni takоmillashtirish muammоlari”.

Kun tartibidagi masala yuzasidan guruh murabbiyi so`zga chiqib, quyidagilarni aytib o`tdi: Giyovandlik insoniyat uchun zararli ekanligi haqida muntazam targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Bu salbiy illatni fosh etish bo’yicha hujjatli va videofilmlar yaratilib, namoyish etilmoqda. Biroq mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’yilmoqda. Giyohvandlik nechog‘lik fojia ekanligini to‘la anglab, mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘z sog‘lig‘iga masuliyatni oshirish, uni saqlash, mustahkamlashga ongli munosabatda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya qilishni ta’minlashga etarli e’tibor qaratishi lozim. O‘ylab ko‘ring, hech bir kishi onadan giyohvand bo‘lib tug‘ilmaydi. Hozirgi kunda usmirlar va xatto ayollar (xotin-qizlar) o‘rtasida giyohvandlar qayd qilinmoqda, bu xunuk hol millat (avlod) nasli (zurriyoti) buzilishga sabab bo‘lmoqda. Zero, uning mamlakatimiz xududida quloch yoyishining (tomir otishining) oldini olish va unga qarshi ko‘rashish har bir fuqaro, oila, mahalla, tashkilot. idora, korxona muassasa, maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, Vazirlik, qo‘mita, jamg‘arma kabilarning muqaddas burchidir.
Tadbirda so`zga chiqqan ma’naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini S. Sharifzoda quyidagilarga alohida to`xtaldi: Giyohvandlikka chalinayotgan bolalar, qizlarning maktabda (o‘quv yurtida) darslarni sust o‘zlashtira boshlashi, o‘quv qurollari, kitob, daftar kabilarni toza yaxshi saqlamasligi, ozoda kiyinib yurmasligi, hatto issiq kunlarda ham engi uzun kuylak kiyib yurishi, uyda ko‘proq yolg‘iz qolishga harakat qilishi, xuda-bexuda pul so‘rashi, hatto yaqin kishilariga befarq, e’tiborsiz bo‘lib qolishi, ularda qo‘pollik, hurmatsizlik, o‘zbilarmonlik, hech narsaga qiziqmaslik, haqoratli so‘zlash, behayolik, uyga kech kirib kelish kabi alomatlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday hollarda ota-onalar, maktab, o‘quv yurtlari o‘qituvchilar mahalla faollari, jamoatchilik zudlik bilan bu zararli odatlarning oldini olish choralarini ko‘rishlari lozim. Aks holda bundaylar giyohvandlik quliga aylanib qoladilar. Giyohvandlikka chalinayotgan bolalar, qizlarning maktabda (o‘quv yurtida) darslarni sust o‘zlashtira boshlashi, o‘quv qurollari, kitob, daftar kabilarni toza yaxshi saqlamasligi, ozoda kiyinib yurmasligi, hatto issiq kunlarda ham engi uzun kuylak kiyib yurishi, uyda ko‘proq yolg‘iz qolishga harakat qilishi, xuda-bexuda pul so‘rashi, hatto yaqin kishilariga befarq, e’tiborsiz bo‘lib qolishi, ularda qo‘pollik, hurmatsizlik, o‘zbilarmonlik, hech narsaga qiziqmaslik, haqoratli so‘zlash, behayolik, uyga kech kirib kelish kabi alomatlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday hollarda ota-onalar, maktab, o‘quv yurtlari o‘qituvchilar mahalla faollari, jamoatchilik zudlik bilan bu zararli odatlarning oldini olish choralarini ko‘rishlari lozim. Aks holda bundaylar giyohvandlik quliga aylanib qoladilar.
Talabalar o`tkazilgan tadbirdan kerakli xulosa chiqardilar.




Tadbirni Pedagogika fakulteti Murabbiylar kengashi raisi N.Qutlimuratova ochib berdi. U kirish so`zida A.Navoiy va Bobur merosining xalqimiz tarixida tutgan o`rniga qisqacha to`xtalib, bu buyuk zotlarning tavallud sanalari Respublikamizning hamma muassasalarida keng nishonlanayotgani, shuningdek bu kabi tadbirlar universitetimizning hamma fakultetlarida ko`tarinki ruhda o`tayotgani haqida gapirdi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Shundan so`ng so`z navbati Filologiya fakulteti “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. A.O`razboyev va “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti f.f.n. S.Matkarimovalarga berildi. Ular "Navoiy dahosiga ta’zim", “Bobur ijodida vatan vasfi” mavzusiga to`xtalib, bu ikki buyuk adibning serqirra ijodkor, buyuk daho, davlat arbobi ekanligiga, ular asarlarining tarbiyaviy jihatlari yoshlar uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida batafsil to`xtalib o`tishdi. Ularning ijodiy merosi ahamiyati haqida gapirib, ijod namunalarini mazmun-mohiyatini ochib berishdi.
Keyingi so`z navbati UrDU Xotin-qizlar qo`mitasi raisi t.f.n., dots.Sh.Nurullaevaga berildi. U o`z so`zida A.Navoiy va Z.M.Boburning nafaqat o`zbek xalqi tarixidagi, balki butun jahon xalqalri tarixida va adabiyotida juda chuqur iz qoldirganliklarini, ular ijodining umuminsoniy jihatlarini aytib o`tdi. Bu buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo`lish har bir yosh uchun muqaddas burch ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda “B va MTM” kafedrasi mudiri b.f.n.dots.X.Bekchanov ham so`zga chiqdi. U A.Navoiy o`z asarlarida ona tiliga bo`lgan muhabbatni vasf etganligi haqida gapirar ekan, hozirgi davrda ham uning aytgan hikmatli so`zlari o`z dolzarbligini yo`qotmaganligini, aksincha ularning qadri balandligini gapirib o`tdi. Ayniqsa, Z.M.Boburning ona diyorimiz tabiatini tasvirlash mahoratiga qoyil qolmaslikning iloji yo`q ekanligini ta’kidlab o`tdi.
Shundan so`ng 172-BT va STI guruhi talabalari tomonidan A.Navoiy va Bobur g`azallari, ruboiylari aytildi. A.Navoiyning “Xamsa” asari badiiy-musiqiy kompozitsiya asosida ta’riflandi. Guruh talabalari tomonidan Z.M.Bobur hayotiga oid sahna ko`rinishi namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda Musiqa yo`nalishi 151- va 172-guruh talabalari tomonidan Navoiy va Bobur g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etildi.
Tadbirda 171-172-BT va STI rus guruhlari tomonidan A.Navoiy va Bobur g`azallarining ruscha va inglizcha variantlari ifodali aytildi. Bu guruh talabalari tomonidan tayyorlab kelingan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid krossvordlar zaldagi talabalar tomonidan yechildi va g`olib talabalarga esdalik sovg`alari topshirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan “Alisher Navoiy va Pahlavon Mahmud” nomli sahna ko`rinishi rus tilida namoyish qilindi.
Tadbirni tashkillashtirishda faol ishtirok qilgan barcha o`qituvchi va talabalarga o`z minnatdorchiligini izhor qilgan holda N.Qutlimuratova kechani yakunlab berdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir juda ko`tarinki ruhda o`tdi va talabalarda o`z ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg`ularini shakllantirishda ahamiyat kasb etdi.





Tadbirni Pedagogika fakulteti “Boshlang`ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi F. Rahimova ochib berdi. U o’z nutqida xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg`ubor va quvonchli bayram hisoblanishi, bola hayot mazmunining ajralmas qismi ekanligi, bolalar o`z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo`lgan qiziqishni uyg`otishlari, ular go`yo ko`zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg`och misoli ekanliklari haqida to`xtalib o`tdi. Shuningdek, 1-iyun kuni dunyoning deyarli barcha malakatlarida keljagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko`rgazmalar, sayllar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o`tkazilib kelinayotganini ham ta’kidlab o`tdi. Ana shunday tadbir Xiva shahar “Bolalar shaharchasi”da ham o`tkazildi.
Tadbirda qizlar faol qatnashdilar, o`zlarining sahna ko`rinishlari bilan bolalar ko`nlini zabt eta oldilar. Shuning talaba qizlar o`zlarining qiziqarli chiqishlari bilan tadbirni yanada jonlantirdilar. Tadbirdan hulosa qilib shuni aytish mumkunki, bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.
Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.



Bugungi kunda Xorazm viloyati Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida minglab turkmanlar o‘zbeklar bilan ahil-inoqlikda, bir oila vakillaridek yashab kelmoqda. Ularning o‘z ona tillarida ta’lim olishi, urf-odatlari va an’analarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlik ishlari amalga oshirildi. Yangilangan loyihadagi uy-joylar, maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktabi, oilaviy poliklinika qad rostladi. Qisqa muddatda zamonaviy va milliy me’morchilik an’analari asosida “O‘zbek-turkman” do‘stlik uyi bunyod etildi. Pedagogika fakulteti “Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo`nalishi 163-guruh talabalari Urganch tumanining G`oybu qishlog`ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladigan ovulga, “O`zbek-Turkman do`stligi” uyiga tashrif buyurdilar. Talabalar o`zbek-turkman do`stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me`morlik an`analari asosida bunyod etilgan. O`zbek va turkman xalqlarining ko`p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o`tkazish uchun katta zal, turli fan va san`at to`garaklari uchun xonalar barpo etilgan. Ularning o`z ona tilida ta`lim olishi, urf-odatlari va an`anlarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar talabalarda katta taassurot qoldirdi. O'zbek-turkman halqlarining do'stligi, qardoshligi uzoq tarihga borib taqaladi.... u bugun bunyod bo'lgani yo'q, sayqal topyapti, zamonasiga yarasha jilolanyapti. Talabalar bu yerda mingdan ziyod turkman, o‘zbek va jahon adabiyoti fondiga ega kutubxona, ikki xalqning ko‘p asrlik tarixiy do‘stligini ifodalovchi muzey, turli fan va san’at to‘garaklari xonalari va ikki yuzdan ortiq o‘ringa ega faollar zalini tomosha qildilar. Shundan so`ng talabalar bugungi tadbirdan juda ko`’lab ma`lumotlar olganligini ta`kidlashdi.



22 mart kuni UrDU Madaniyat saroyida Pedagogika fakulteti Boshlangich va sport tarbiyaviy ish rus yo‘nalishi 1 kurs talabalari tomonidan "Xar kuningiz Navro‘z bo‘lsin" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar tomonidan turli raqs, ko‘shik va she’rlar ijro etildi. Ayniksa 16 millat vakillarining milliy raqslari va shu tildagi tabriklari talabalarda katta taassurot koldirdi. Tadbirda Musika yo‘nalishi talabalari Nihol davlat mukofoti sovrindorlari Dilmurod Sultonov va Jayxun Matmurodovlar xam uz kushiklari bilan ishtirok etdilar.







1-Mart- O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103-yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim-o’zbek ayollarining vafo va sadoqat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Urganch davlat universiteti rektori f.-m.f.n. doktori B.I.Abdullayev ochib berdi. U o`z so`zida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning jamiyatdagi roli va ijodining nihoyatda keng ekanligiga, xususan, o`zbek ayollariga xos bo’lgan barcha hislatlar u zotda mujassam ekanligini,yurtimizda har bahorni Zulfiyaxonim tavallud kunini nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylanishini,olam va odam yangilanadigan faslning boshlanish arafasida tavallud topgan shoiramizning hayot yo’li faoliyati to’g’risida o’z fikr va mulohazalarini va bebaho boylik sifatida qoldirib ketgan ijodlari to’g’risida ta’kidlab o`tdi.
Tadbirda Filologiya fanlari nomzodi dotsenti Pirnazarova Manzura so`zga chiqdi va Zulfiyaxonim ijod faoliyati o’zining teran ijodi bilan she’riyatda yangi sahifa ochgani, bu yil uning 103-yilligini nishonlash munosabati bilan uning hayoti va ijodiga bir nazar tashlab uning she’rlaridan namunalar keltirdi.Shoira butun umri davomida o’z yoriga vafo sadoqat timsoli sifatida yaratgan oshiq ko’ngli she’rlari orqali butun ayollarimizga qarata bildirgan fikrlari to’g’risida aytib o’tdi.
U barcha talabalarni bugungi kun bilan qutladi.
Tadbir davomida BT va STI yo`nalishi 171-guruh talabalari tomonidan Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri.O’zbekiston Prezidentining “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarini qo’llab-quvvatlash tog’risida 1999 yil 10-iyundagi farmoniga binoan ta’sis qilingan maktab, litsey, qollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvafafaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta;lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 25-yoshgacha bo’lgan iqtidorli talaba qizlarga adabiyot, madaniyat, sa’nat, fan, ta’lim, sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Mukofot Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakillariga jami 14 ta beriladi. Mukofot sohibalari bo’lgan maktab , litsey , kollej, o’quvchilari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi,ularga ko’krak nishoni va diploma topshiriladi. Mukofot O’zbekiston respublikasi Xotin – qizlar qo’mitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8- mart Xotin qizlar kuni bayrami arafasida berilishi haqidagi fikrlari aytildi.
Tadbirda UrDU qoshidagi 2-son akademik litseyning “Zulfiyaxonim” mukofati sohibasi Masharipova Ruhsora so’zga chiqib o’z fikrlari va she’rlari, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 8-mart kuni shaxsan o’z qo’llari bilan topshirgan bu sharafli mukofoti haqida jo’shqin so’zlari orqali nutq so’zladi.
Tadbir davomida 24-son musiqaga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-“A” sinf o’quvchilari Madrimov Hayotbek va Komiljonov Farhodbeklar ijrosidagi “Jayhun shamollari” va “Doira raqs”lari kuylandi.
So’ng 171-BT va STI guruhi talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari orqali Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayotlaridan sahna ko`rinishi namoyish etildi.
Talabalar tomonidan Prezident qaroriga ko’ra ko’zda tutilgan 14 ta mukofot o’rniga 2017-yil uchun istesno tariqasida Qaroqolpog’istonning 2 nafari, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 nafar vakiliga jami:15 ta mukofot berilgani, Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlariga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini, 2017 yilda Urganch davlat Universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey talabasi Masharipova Ruhsora, va shuningdek Urganch davlat Universiteti 171-TS va MG guruhi talabasi Ramonova Nasibalarning Zulfayaxonim nomidagi davlat mukofoti sohibalari ekanligini aytib o’tishdi va Zulfiyaxonim she’rlari ifodali o’qib berildi.. Shuningdek, unda 171-BT va STI guruhining ijodkor talabalari X.Jumanazarova, M.Qurbonboyevalar o`zlarining qiziqarli ma’lumotlari orqali tomoshabinlarni xushnud etdilar.
Tadbirda Musiqa ta’limi yo`nalishi 2-kurs talabalari tomonidan Bahoriy va Onalar haqidagi qo`shiqlar aytilib o’tirganlarni xushnud etdilar.Tadbirda Rajapov Shaxzod, Ibragimov Azamatlar tomonidan mumtoz va zamonaviy sho`x yallalar kuylandi. 171-guruh talabalari ishtirokida raqs sahnasi namoyish qilindi.
Tadbir yakunida UrDU xotin-qizlar qo’mitasi BT raisi Sh. Nurullayeva so`zga chiqib tadbir qatnashuvchilariga va tashkilotchilariga o’z minnatdorligini bildirib Zulfiyaxonim ijodi to’g’risida qanchalik so’zlar ekanmiz bu ayolning buyukligi va izidan qoldirib ketgan o’lmas boyligi, izdoshlari bo’lmish qizlarimizga qarata nafislik va beg’uborlik xech qachon tark etmasligini aytib o’tdi. U bugungi tadbirni tashkil qilgan 171-BT va STI guruh talabalari va murabbiyi Sh.Rahimovaga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir so’ngida har bir faol ishtirokchilarni universitet tomonidan berilgan Faxriy Yorliqlar bilan taqdirladi. Tadbir ko`tarinki ruhda yakunlandi.





Tadbirni Pedagogika fakulteti Matematika o‘qituvchisi Davletov Erkaboy ochib berdi va talabalarni taklif qilingan mexmon bilan tanishtirdi. SHundan so‘ng, Xorazm Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari D.S.Polvanov tomonidan “OIV/OITS kasalliklari, ularning oqibatlari” mavzusidagi maruzasi tinglandi.
1. Xorazm Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari D.S.Polvanov tomonidan “OIV/OITS kasalliklari, ularning oqibatlari” mavzusida prizentatsiya asosida barcha malumotlarni berdi.
2. OIV/OITS nima, ularning kelib chiqish tarixi, yuqish yo‘llari va uning asoratlari qanday oqibatdarga olib kelishi to‘g‘risida malumotlar misollar bilan tushuntirildi. .
3. Xorazm viloyatida OIV/OITS bo‘yicha epidemiologik vaziyat qanday ekanligini prizentatsiyada aniq malumotlar keltirgan holda tushuntirdi.





Tadbirni Pedagogika fakulteti Murabbiylar kengashi raisi N.Qutlimuratova ochib berdi. U kirish so`zida A.Navoiy va Bobur merosining xalqimiz tarixida tutgan o`rniga qisqacha to`xtalib, bu buyuk zotlarning tavallud sanalari Respublikamizning hamma muassasalarida keng nishonlanayotgani, shuningdek bu kabi tadbirlar universitetimizning hamma fakultetlarida ko`tarinki ruhda o`tayotgani haqida gapirdi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Shundan so`ng so`z navbati Filologiya fakulteti “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. A.O`razboyev va “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti f.f.n. S.Matkarimovalarga berildi. Ular "Navoiy dahosiga ta’zim", “Bobur ijodida vatan vasfi” mavzusiga to`xtalib, bu ikki buyuk adibning serqirra ijodkor, buyuk daho, davlat arbobi ekanligiga, ular asarlarining tarbiyaviy jihatlari yoshlar uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida batafsil to`xtalib o`tishdi. Ularning ijodiy merosi ahamiyati haqida gapirib, ijod namunalarini mazmun-mohiyatini ochib berishdi.
Keyingi so`z navbati UrDU Xotin-qizlar qo`mitasi raisi t.f.n., dots.Sh.Nurullaevaga berildi. U o`z so`zida A.Navoiy va Z.M.Boburning nafaqat o`zbek xalqi tarixidagi, balki butun jahon xalqalri tarixida va adabiyotida juda chuqur iz qoldirganliklarini, ular ijodining umuminsoniy jihatlarini aytib o`tdi. Bu buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo`lish har bir yosh uchun muqaddas burch ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda “B va MTM” kafedrasi mudiri b.f.n.dots.X.Bekchanov ham so`zga chiqdi. U A.Navoiy o`z asarlarida ona tiliga bo`lgan muhabbatni vasf etganligi haqida gapirar ekan, hozirgi davrda ham uning aytgan hikmatli so`zlari o`z dolzarbligini yo`qotmaganligini, aksincha ularning qadri balandligini gapirib o`tdi. Ayniqsa, Z.M.Boburning ona diyorimiz tabiatini tasvirlash mahoratiga qoyil qolmaslikning iloji yo`q ekanligini ta’kidlab o`tdi.
Shundan so`ng 172-BT va STI guruhi talabalari tomonidan A.Navoiy va Bobur g`azallari, ruboiylari aytildi. A.Navoiyning “Xamsa” asari badiiy-musiqiy kompozitsiya asosida ta’riflandi. Guruh talabalari tomonidan Z.M.Bobur hayotiga oid sahna ko`rinishi namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda Musiqa yo`nalishi 151- va 172-guruh talabalari tomonidan Navoiy va Bobur g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etildi.
Tadbirda 171-172-BT va STI rus guruhlari tomonidan A.Navoiy va Bobur g`azallarining ruscha va inglizcha variantlari ifodali aytildi. Bu guruh talabalari tomonidan tayyorlab kelingan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid krossvordlar zaldagi talabalar tomonidan yechildi va g`olib talabalarga esdalik sovg`alari topshirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan “Alisher Navoiy va Pahlavon Mahmud” nomli sahna ko`rinishi rus tilida namoyish qilindi.
Tadbirni tashkillashtirishda faol ishtirok qilgan barcha o`qituvchi va talabalarga o`z minnatdorchiligini izhor qilgan holda N.Qutlimuratova kechani yakunlab berdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir juda ko`tarinki ruhda o`tdi va talabalarda o`z ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg`ularini shakllantirishda ahamiyat kasb etdi.




Tadbirni Pedagogika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini S.Sharifzoda ochib berdi. U talabalarga o’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun ulkan hissa qo’shgan alloma ekahligi, shuningdek, u turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakili ekanligi, chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolmaganligi haqida gapirdi. S.Sharifzoda Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanayotganligini, shu munosabat bilan 2-kurs MT yo`nalishi talabalari tomonidan mazkur tadbir tayyorlanganligini hamda bu tadbirda Musiqa yo’nalishidan ham bir guruh talabalar ishtirok etayotganligini aytib o`tdi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Shundan so’ng boshlovchilar tadbirni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan boshladilar. Talabalar Navoiy g’azallari va ruboiylaridan o’qib eshittirdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan guruh murabbiyi dotsent S.Ollaberganova ham so’zga chiqib, hozirgi davrga qadar bizga ulug' alloma ijodidan sharq mumtoz adabiyotining barcha janrlariga oid juda katta hajmdagi boy adabiy mеros yеtib kеlganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, o`z davrida Alisher Navoiy tarjimayi holi Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etganligi, bizning davrimizga kelib esa o`zbek olimlaridan O.Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. G`ulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.G`anieva va boshqalar Navoiyning hayot yo`li haqida asarlar yaratishganligini ham aytib o’tdi.
Tadbirda Universitet xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva so`zga chiqib,sahna bezagi va talabalarning kiyinish madaniyati haqida gapirdi,shuningdek, Alisher Navoiy g`azallaridan ifodali o`qib, tahlil qilib berdi.
Boshlovchilar tadbirni davom ettirdilar. Guruhning faol talabalaridan M.Shermetova, G.Sobirova, R.Otajonovalar ijrosida chiroyli raqs tomosha qilindi. Shundan so’ng guruh talabalari tomonidan A.Navoiy Xamsa asaridan “Farxod va Shirin” , “ Layli va Majnun” dostonidan sahna ko’rinishi namoyish qilindi.
Keyin esa Navoiy g`azallariga bastalangan kuy va qo`shiqlar , raqslar ijro qilindi. Tadbirda Musiqa yo’nalishining bir guruh talabalari ham ishtirok etib o’z ijodlaridan namunalar ko’rsatdilar. Tadbirda ishtirok etayotgan talabalar Boyqaro va Navoiy obrazlarini,shuningdek, Navoiy va Guli obrazlari sahnalashtirildi.
Tadbir so’nggida dekan muovini S.Sharifzoda so’zga chiqib, tadbir taassurotlari haqida gapirdi va MT yo’nalishi 161-guruh talabalariga o’z minnatdorchligini bildirdi. Tadbir ko`tarinki kayfiyatda yakunlandi va talabalarning o’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini yanada oshirdi.



Tadbirda “Shuxrat” medali sohibi Xorazm viloyati Yoshlar ittifoqi Viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Qurbonov Ibrat, Yoshlar ittifoqi Tashkiliy kadrlar va axborot tahlil bo‘limi mudiri Tadjiev Ixtiyor , UrDU Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Xo‘jamurodov Umar, BT va STI ta’lim yo`nalishi 171-172-rus guruhi murabbiyi dots., A.Atajonova, Maktabgacha ta’lim yo`nalishi 171-rus guruhi murabbiyi H.Siddiqov va talabalar (Jami 40 nafar ishtirokchi.)
Tadbirni “Boshlang‘ich va maktabgacha ta'lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, 171-172-rus guruhi murabbiyi A.Atajonova kirish so‘zi bilan ochdi. U o`z nutqida yoshlarda ertangi kunga bo`lgan ishonch, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik hamda ma`naviy-ma`rifiy bilimlarini boyitish maqsadidan kelib chiqqan holda aynan “Biz yot g‘oyalarga qarshi kurashamiz” mavzusida o`tkazilayotgan ushbu tadbirning maqsad va vazifalari bilan bugungi tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni va talabalarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng so‘z ¬Yoshlar ittifoqi Viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Qurbonov Ibratga berildi. U o‘z so‘zida bugungi kunda yoshlar orasida yot g‘oyalarga ya'ni diniy ekstremizm, fundamentalizm, missionerlik, aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurashishda yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish kerakligini aytib, hozirgi davrda bunday oqimlarning g`arazli maqsadlari aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar onggi va qalbiga ta`sir qilib, diniy ekstremizm, vayronakorlik, buzg`unchilik, axloqsizlik g`oyalarini zimdan amalda targ`ib-tashviq etib singdirishdan iborat ekanini uqtirib o`tdi. U yana o`z so`zida, bu oqimlar turli ko`rinishlarda, ko`pincha turli niqoblar, jozibali shior va g`oyalar niqobi ortida ish ko`rishini aytib, diniy eksterimizmdan ko`zlangan asosiy maqsad – insonni, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, xalqning ongiga ta`sir o`tkazish va ma`naviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iboratligi hamda ularning niyati – yagona ma`naviy-mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosatlashtirish va shu asosda hukmronlik qilish, hokimiyatni qo`lga kiritishdan iborat ekanligini ta`kidlab o`tdi. Bunday kimsalarning o`z ota-onasiga qo`l ko`tarishi ham, o`z Vatanini sotishi ham mumkinligi hamda bunday tahdidlarni oldini olishda shu sohada targ`ibot va tashviqot muhim o`rin egallashini aytib o`tdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Yoshlar ittifoqi Tashkiliy kadrlar va axborot tahlil bo‘limi mudiri Tadjiev Ixtiyor, bugungi kunda yoshlar o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda insonning turli xil illatlarga qarshi kurashish immuniteti oilaviy muhitga bog`liq ekanligini aytib o`tdi. Oila davrasidagi ota-ona, bobo-buvilarning boshidan kechirgan voqealari, ularning bolaligi, o`tgan davrlar hikoyalari, hozirgi zamonga shukronalik aks etgan suhbatlar oilada ulg`ayayotgan har bir farzand uchun eng yaxshi maktab ekanligiga alohida urg`u qaratdi. Shuningdek, dunyoda sodir bo`layotgan voqealarga munosabat bildirib, ayrim davlatlarda insonlar tinchlik uchun bor-budini berishga rozi ekanliklarini ta`kidladi va biz shunday tinch va farovon Vatanda yashayotganligimizdan faxrlanishimiz va bu yurtning qadriga yetishimiz kerakligini aytib o`tdi.
Tadbir yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Tadbir qizg’in fikr-mulohazalarga boy tarzda o’tdi.


14-May 413-xona
Maruzachi:Rahimova F..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda nostondart masalalarni o’rganish metodikasi.
07-May 413-xona
Maruzachi:Xudaynazarov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda xarakatga doir masalalar va ularni o’rganish metodikasi.
30-Apr 413-xona
Maruzachi:.f.n. Xalillaev A..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda murakkab masalalar va ularni o’rganish metodikasi.
02-Apr 413-xona
Maruzachi:Xudaynazarov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda ulushlarni o’rganish metodikasi.
26-Mart 413-xona
Maruzachi:Rahimova F..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda geometrik materiallarni o’rganish metodikasi.
12-Mart 413-xona
Maruzachi:Davletov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda algebraik materiallarni o’rganish metodikasi.
05-Mart 413-xona
Maruzachi:Xudaynazarov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda og’zaki va yozma xisoblashga o’rgatishning umumiy va xususiy masalalari.
13-Feb 413-xona
Maruzachi:.f.n. Xalillaev A..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda yo’l qo’yiladigan xatoliklar va ularni bartaraf qilish metodlari.
06-Feb 413-xona
Maruzachi:Xudaynazarov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda arifmetik amallarni o’rganish metodikasi(minglik va ko’' xonali sonlar kansentrlari misolida)
30-Yan 413-xona
Maruzachi:Davletov E..Mavzu:Boshlang’ich matematik ta’limda arifmetik amallarni o’rganish metodikasi(o’nlik va yuzlik kansentrlari misolida).