Pedagogika va psixologiya
![]() |
|
“Pedagogika va psixalogiya” kafedrasi tarixi
Kafedra 1954 yilda tashkil qilingan. Kafedrada 34 ta professor-o’qituvchi, jumladan, 8 ta fan nomzodi, 11 ta katta o’qituvchi va 15 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra negizida katta ilmiy xodim izlanuvchi instituti mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib bormoqda:
13.00.01.-“Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogik menejment” hamda 13.00.02.- “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi”.
Kafedrada zamonaviy o’qitish texnologiyalarini ta’lim tarbiya jarayoniga joriy qilish muammolariga bag’ishlangan doimiy seminar tashkil qilingan.
Kafedrada talabalarning umumiy soni 242 nafarni tashkil qiladi. Kafedrada umumiy psixologiya, eksperimental psixologiya va praktikum, psixologik trening, psixologiya tarixi, psixologik xizmat, pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat fanlari o’qitiladi.
Кafedra a’zolari AQSH ning Nebraska universitetida, Buyuk Britaniya va Xitoyda turli muddatlarda malaka oshirish va stajirovkada bo’lib qaytganlar. Кafedra qoshida “Pedagogika tashabbus” va “Boshqaruv psixologiyasi” talabalar ilmiy to’garaklari ish olib bormoqda.
Kafedra qoshida bir necha yillardan beri “Psixologik xizmat markazi” faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazning malakali mutaxassislari ps.f.n.J.Iskandarov, ps.f.n. B.Nurullaeva, o`qituvchilar Adamova O`,
D.O`razboevalar muntazam ravishda talaba yoshlarni turli oqimlar, axborotlarning zararli ta’siridan ximoya qilish maqsadlarida psixologik maslahatlar, turli mavzularda treninglar o`tkazib kelmoqda. Psixologik xizmat uchun manzil: maslahat_urdu@mail.ru . Pedagogika va psixologiya kafedrasi 63 yil davomida universitet miqyosida bulg`usi pedagog kadrlarga pedagogika va psixologiya ilmining dolzarb muammolaridan saboq berib, etuk mutaxassislar tayyorlash jarayoniga salmoqli hissasini qo`shib keldi.
Keyingi yillarda pedagog va psixologlarga bo`lgan talablarni inobatga olgan xolda 1999-2000 o`quv yilidan boshlab kafedra negizida 5140800-pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar o`qishga qabul qilingan. 2003-2004-o`quv yilidan boshlab 5 A 140804 –Pedagogika mutaxassisligi bo`yicha magistratura bo`limi o`z ish faoliyatini boshlagan.
Ayni vaqtda Pedagogika va psixologiya kafedrasida 22 professor-o`qituvchi faoliyat olib borayotgan bo`lib, shulardan 17 kishi asosiy shtatda va 5 o`qituvchi o`rindoshlik asosida ishlab kelmoqda.Shulardan 6 o`qituvchi fan nomzodi, dotsent, 2 o`qituvchi- fan nomzodi, кatta o`qituvchi lavozimlarida ishlamoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 43% tashkil qiladi.
Kafedrada 5310200-Psixologiya, 5210200-Psixologiya, 5140800-Pedagogika va psixologiya, 5A 110901- Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxasssisliklari bo`yicha pedagog, psixolog, shuningdek, idmiy-pedagog kadrlar tayyorlanmoqdla. Kafedrada ta’lim yo`nalishlarga oid 29 ta ixtisoslik fani o`qitilayotgan bo`lib barchasi namunaviy dasturlar bilan ta’minlangan va u asosda tuzilgan ishchi o`quv dasturlari mavzulari, kalendar tematik rejalariga mos.
# | Ismi-Sharifi | Lavozimi | |
---|---|---|---|
1 | Ismailova Shamsiya | Kafedra mudiri | ishamsiya@mail.ru |
2 | Iskandarov Jumaboy | dotsent v.b. | iskandarov64@mail.ru |
3 |
Xo'janiyozov Sardor |
dotsent |
|
4 |
Otajanov Olimboy |
dotsent v.b. |
|
5 | Adamova O'g'iljon | katta o`kituvchi | azganushjon@romb.ru |
6 |
Ruzimova Feruza |
Katta o'qituvchi |
feruza.ro'zimova@mail.r |
7 |
Kutlimuratova Nargiza |
Katta o'qituvchi |
|
8 |
Jumaniyazov Madrim |
dotsent |
madrimaka2008@rambler |
9 |
Jumaniyozova Muxayyo |
Katta o'kituvchi |
|
10 |
Nafasov Doniyor |
o'kituvchi |
|
11 |
Sharifzoda Sardor |
Katta o'kituvchi |
|
12 | O'razbaeva Dilbar | Katta o'qituvchi | dilbar_psixolog@mail.ru |
13 |
Sobirova Charos |
O'qituvchi |
|
14 |
Dusmetova Maksuda |
Kata o'qituvchi |
|
15 |
Razzakova Rayxon |
O'qituvchi |
|
16 | Kalandarova Madina | O'qituvchi | kalandarova1987@mail.ru |
17 |
Jumaniyazova Nasiba |
O'qituvchi |
nasiba_jumaniyazova@mail.ru |
18 |
Raximov G'ulom |
O'qituvchi |
man_gulomjon@mail.ru |
19 | Kosimova Xulkar | O'qituvchi | kosimova1986@mail.ru |
20 | Kalandarova Mavluda | O'qituvchi | kmavluda@mail.ru |
21 | Saidmuratova Maloxat | O'qituvchi | malahat@mail.ru |
22 | Jumaniyazova Ilmira | O'qituvchi | sonota88@mail.ru |
23 | Sadikova Umida | O'qituvchi | umida_87@mail.ru |
24 | Matchanova Dilbar | O'qituvchi | m_dilbar@mail.ru |
25 | Xo'janiyazova Zamira | o'qituvchi | zamira2878@rambler.ru |
26 | Raximova E'tibor | o'qituvchi | etibor-r@.ru |
27 |
Kazakova Parida |
o'qituvchi |
pari1982@rambler.ru |
28 |
Avazova Saboxat |
o'qituvchi |
sabo@mail.ru |
29 | Raximova Intizor | o'qituvchi | intush-78@inbox.ru |
30 | Raximova Aziza | o'qituvchi | r_aziza@mail.ru |
31 |
Sobirov Komiljon |
Katta o'qituvchi |
sabirov_58@mail.ru |
Илмий йўналишлар
Kafedraning asosiy ilmiy-tadqiqiqot yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

2018-yil 5-mart kuni Pedagogika fakulteti Psixologiya 161 gurux va pedagogika va psixologiya yo’nalishining 161-guruh, psixologiya 171-gurux talabalari birgalikda “Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol”mavzusida tadbir bo`lib o’tdi. Tadbirni Pedagogika fakulteti Ma`naviy ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari Sardor Sharifzoda ochib berdi.
U tadbirda ishtirok etayotgan,o`qituvchi ayollarni,talaba qizlarni tabrikladi va tadbirni tashkillashtirgani uchun 161 psixologiya gurux murabbiyi Umida Latipovaga o`z minnatdorchiligini bildirdi.Tadbirda asosiy boshlovchilar Niyozmetova Saida, Ibragimov Sardorlar. Bahorni tarannum etuvchi kuy qo`shiqlar va sherlarga navbat berildi. Bahor raqsida Masharipova Bibirobiya,Otaboyeva Fotima,Qurbonniyozova Go`zal,Rajabova Go`zallar raqsga tushishdi.
Shuningdek Qodirov Shokir,Zaripova Fazilat, Ismoilov Sanjar, Shonazarov Bekzod, Ortiqova Nasiba, Karimova Yulduz, sherlar aytishdi.
Shundan so`ng musiqa ta`limy o`nalishi 172 gurux talabasi Sobirov Og`abek ayollarimizni tabriklab mumtoz navolari bilan ishtirok etdi.
Shundan so`ng tadbirda ayollar va onalarni madx etuvchi sherlarga navbat berildi:Ozotboyev Doston, Ortiqova Nasiba, Karimova Yulduz, Qosimova Gulirano, Xo`sinova Shaxodat, Otaboyeva Fotima, Zokirov Otabeklar aytishdi.
Snundan so`ng Og`abek Sobirov ijrosida onamga teng kelolmas qo`shigi ijro etildi.
Shundan so`ng tadbirda Ozodbek Nazarbekovning bilaman yorim qo`shig`iga Masharipova Bibirobiya, Otaboyeva Fotima, Niyozmetova Saida, Qurbonniyozova Go`zal, Rajabova Orzigullar raqsga tushishdi.
So`ngra Bekberganov Siroj, Ro`ziboyev G`ayrat, Ibragimov Sardor, shonazarov Bekzod, otaboyeva Fotima, Qodirov Shokir, Ismoilov Sanjar,Xo`sinova Shaxodat,Qurboniyozova Go`zal, Rajabova Orzigullar ishtirokida saxna ko`rinishlari namoyish etildi.
Tadbir so`ngida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi.




2018 yil 19 yanvar kuni Pedagogika fakultetida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash- barqarorlik va taraqqiyot garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Urganch shahar bosh imom xatibi Xasanboy Kenjaev, Xorazm viloyati hokimligi mutaxassisi Polvon Ro‘ziboev, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi etakchi mutaxxassisi Alisher Raxmonov, YOshlar ittifoqi Urganch shahar kengashi o‘rinbosari SHoira Bobojonova ishtirok etdilar. Davra suhbatida g‘oyaviy axborot xurujlari tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda yoshlarimizni turli xil mafkuraviy tahdidlardan, ayniqsa, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalari ta’siriga tushib qolishidan asrash butun jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifa ekanligi xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, oila, ta’lim muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bu borada bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari, yoshlarimiz ongida yot, vayronkor g‘oyalar o‘rin olishi mumkin bo‘lgan ma’naviy bo‘shliq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘g‘il-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga e’tiborni kuchaytirishlari lozim.
Ota-bobolarimiz yaratgan, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan komil inson haqidagi axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini, uning o‘zagini, mag‘zini tashkil etadigan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalarning ma’no-mazmuni chuqur anglab etilishiga erishish katta ahamiyatga egadir.
Tadbirda Bugungi kunda internet orqali tarqatilayotgan diniy ekstremizm g‘oyalarining asl maqsadi tinch va farovon hayotimizni izdan chiqarish ekanligini yoshlarimizga tushuntirishdan aslo charchamasligimiz, ularni bugungi tinchlikning qadriga etishga, o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yaratib berilayotgan barcha sharoitlardan to‘la foydalanishga undashimiz lozim. YOsh avlod tarbiyasi uchun biz kattalar mas’ul ekanligimizni, ularning hayotda qoqilishi bizning afsus nadomatda qolishimizga sabab bo‘lishini hech qachon unutmasligimiz lozim.
Tadbirda ta’kidlanganidek, diniy ekstremizm va terrorizm Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlarni demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlarning bu erdagi xavfsizlikka rahna solishda asosiy quroliga aylangan. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bugungi kunda biri mafkuraviy ta’ziyq bo‘lsa, ikkinchisi mafkura va siyosiy mo‘ljallarni ro‘yobga chiqarish, amalga oshirishning shakli hamda vositasi sifatida bir-birini to‘ldirmoqda.





2018 yil 13 yanvar kuni “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida Pedagogika fakulteti 141-142 -143-mexnat ta’limi yo‘nalishi talabalarining zahiradagi podpolkovnik “A’lo xizmatlari uchun” medali, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi”,“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” ko‘krak nishonlari sohibi Raximov Ibodulla Qutliboevich bilan uchrashuvi o‘tkazildi.


2018 yil 12 yanvar kuni Pedagogika fakulteti 161-psixologiya va 161 ped- psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida 14 yanvar - Vatan ximoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda SHimoliy G‘arbiy Harbiy okrug serjantlar tayyorlash maktabi kursantlari SHodiev Xurshid Toyirovich, Muxtorov Mashrab Akrom o‘g‘li ishtirok etdilar.

2017 yil 15 dekabr kuni Pedagogika va psixologiya kafedrasining 161- pedagogika va psixologiya , 161- psixologiya ta`lim yo`nalishi talabalari va guruh rahbarlari U. Latipova, Sh.Yakubova boshchiligida tadbir mehmoni Urganch davlat universiteti yuristi Sh.Atayev ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to’g’risidagi qarorini o’rganish mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida Sh. Atayev “Korrupsiya” tushunchasining o`ziga alohida to`htalib talabalarga izohlab berdilar. Bundan tashqari Sh. Atayev tomonidan Korrupsiyaning turlari, ularning keltirib chiqadigan omillar, korrupsiya jamiyat ildizini yemiradigan kemuruvchi ekanligi timsolida ko`plab misollar keltirdilar. Bundan tashqari davra suhbatida kafedra o`qituvchisi N.Jumaniyozova tomonidan korrupsiyaning inson psixikasiga salbiy ta`sir qilishi , bugungi kunda ko`plab insonlar korrupsiya qurboniga aylanayotganligi aytib o’tdi.Insonlar hayotda loqayd befarq bo`lib yashamasliklari , doimo ogoh bo`lib yashash bugungi davr talabi ekanligini tushuntirib o’tdi.
Shundan so’ng Sh. Yakubova so’zga chiqib korrupsiyaga har doim qarshi kurashish lozimligini ta`kidladilar. Davra suhbatidan talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


2017 yil 15 dekabr kuni Pedagogika fakulteti “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 2 kurs talabalari bilan “Odam savdosi - jinoyatining mudhish oqibatlari” mavzusida soha vakillaridan yurist Abdiyazov Xudaybergan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kafedra mudiri dotsent SH.Ismailova ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda odam savdosi jamiyat muammosi ekanini, uni oldini olish uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xaqida gapirdi.
Guruh raxbari SH. YAkubova mehmon bilan tanishtirdi. YUrist Xudaybergan Abdiyazov mavzu yuzasidan o‘z so‘zini boshladi.U o‘z so‘zida odam savdosi bo‘yicha xalqaro tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning statistikasi, odam savdosiga oid yurtimizda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari xuquqiy me’yoriy xujjatlarni asoslar bilan tushintirib berdi. Odam savdosining jabrlanuvchilarini ko‘pchiligini ayollar tashkil qilayotganini, ularga oid amalga oshirilayotgan ishlar odam savdosining
oldini olishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, odamlar ma’naviyatini kengaytirishga doir ishlar xaqida gapirdi.
Talabalardan F.Boxadirova, YU.Karimova, A. Rustamovlar mavzuga oid saovllar bilan murojaat qildilar. Soha vakillari X.Abdiyazov talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.


Tadbirda UrDU rektori B.I.Abdullaev so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati mohiyatini, ta’lim tizimi va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi va uning mazmun-mohiyati, u bo‘yicha qilingan ishlar haqida gapirib o‘tdi.
B.I.Abdullaev o‘z so‘zida har bir fuqaro tevarak atrofga loqayd va beparvo bo‘lmasdan jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga hamjihatlikda yondashish zarurligi, kerakligini ta’kidladi.
Bundan tashqari B.I.Abdullaev ota-onalarga farzandlarining hulq - atvori, kiyinish madaniyati, uyali telefondan foydalanish madaniyati, salomlashish madaniyatiga to‘xtalib “Odob-ahloq qoidalari”ga to‘liq rioya qilishlari kerakligini ta’kidladi. SHuningdek universitetda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, reyting nazoratlariga tayyorgarlik jarayonini ota-ona nazorat qilib borishi kerakligi, agar talaba 74 soat dars qoldirsa talabalar safidan chiqarilishi, chet tillari va axborot texnologiyalarni mukammal bilishi kerakligini ta’kidladi.
UrDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha prorektor S.R.Davletov so‘zga chiqib, yurtimizda ayniqsa davlatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga aloxida e’tibor qaratilayotgani, buni uzluksiz ta’lim tizimining joriy qilinishida, ta’lim muassalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish borasidagi isloxotlarda yaqqol ko‘rish mumkinkinligini, universitetda ta’lim-tarbiya jarayonining borishi va talaba-yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada universitetda ta’lim tarbiya jarayonining amalga oshirilishi, yoshlarimizdan bugun talab etilayotgan ijtimoiy faollik, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, koorupsiyaga qarshi kurash, g‘oyaviy tahdidlar, terrorizm xavfi, ommaviy madaniyat va uning salbiy illatlariga qarshi kurash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Ma’ruzachi shuningdek, universitetda ishlab chiqilgan odob-ahloq qoidalarining mazmun-mohiyati, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, ulardan unumli foydalanish, to‘garaklarda yoshlar bilan ishlash, shuningdek ijarada turadigan talabalar bilan ishlashda ota-onalarning yordami, talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan boshqa masalalar haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
UrDU akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash buyicha prorektor A.N.Xudayberganov bugungi kunda universitetda ta’lim olish jarayonining tashkil qilinishi, rus tili va ingliz tilida dars mashg‘ulotlari o‘tiladigan maxsus guruhlarning tashkil qilinganligi, universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash, qo‘shimcha ravishda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib borish, ilmiy ishlarga yo‘naltirish, turli tanlov va Respublika talabalar fan olimpiadalariga tayyorlash, turli grantlarga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida, talabalarga yaratilgan sharoitlar; turli to‘garak, klub va markazlar faoliyatiga, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlarga to‘xtaldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan UrDU raxbariyatining fakultet talabalarining ota-onalari bilan jonli muloqotlari o‘tkazildi.Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, takliflar va mulohazalari bilan murojaat qilib, tegishli javoblarni oldilar.




Tadbir ochilishida Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri SH.Ismoilova so‘zga chiqib tadbir rejasi bilan tanishtirdi. So‘ngra ushbu masalalar bo‘yicha so‘z navbatini Xorazm viloyati XOOP.MTP.Katta letynanti Atajonov Ozodga berdi.
U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi 03.01.2017 yil N O‘RQ-419 qonuni to‘g‘risida tushuncha berdi
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kel
2.Kun tartibidagi masala bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
SHundan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar Pedagogika va Psixologiya kafedrasi mudiri SH.Ismoilova Xorazm viloyati XOOP.MTP.Katta letynanti Atajonov Ozodga minnatdorchilik bildirdilar.



Kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’naviyat va ma’rifat ishlari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.SHarifzoda so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikamizning Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 25 yil to‘lganligi, shu munosabat bilan Respublikamizning barcha jabhalarida asosiy qomusimiz bo‘lmish Konstitutsiyaning qabul qilingan kun 8 dekabr keng miqyosda bayram qilinayotgani va turli tadbirlar o‘tkazilayotganini ta’kidladi. SHuningdek, tadbirga yig‘ilgan barcha talabalarni ushbu bayram bilan tabrikladi, o‘qish va izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Tadbirni 151-152-pedagogika va psixologiya yonalishi talabalari olib borishdi. Tadbirda O‘zbekiston mustaqilligining shukuhi va mustaqillik yillarida sport, iqtisodiyot va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, bugungi kunda yoshlarning o‘z intellektual salohiyatidan foydalanib erishayotgan yutuqlari aks etgan videoroliklar ham namoyish qilindi.
152-guruh talabalari ijrosida Vatan, mustaqillik ne’matini tarannum qiluvchi she’rlar aytildi va “Ona tuproq” qo‘shig‘i ijro qilindi. SHuningdek, talabalar bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo‘lmish “odam savdosi” va uning keltirib chiqaruvchi oqibatlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi.
151-guruh talabalari ijrosida ham farzand tarbiyasiga befarqlik va to‘qlikka sho‘xlik natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Talabalar ijrosida sho‘x raqslar ijro qilindi va talabalar hayotidan olingan ayrim qiziq lavhalar ko‘rsatib berildi.
SHuningdek, tadbirda 141-guruh talabalaridan Hayitboeva Mahliyo, SHokirova Muhayyo va Qurbonova Gulnoralar ijrosida “Askar” nomli qo‘shiq ijro qilindi.
Tadbir so‘ngida 141-guruh talabalari ijrosida “Ona Vatan” qo‘shig‘i ijro qilindi. Ushbu qo‘shiq barcha ishtirokchilarning qalbida yanada Vatanga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan bo‘lsa bejiz emas.
Tadbir so‘ngida Urganch davlat universiteti yuristi: SH.Ataev so‘zga chiqib, talabalarni yana bir bora Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasida inson huquqlari va manfaatlari ko‘zda tutilgani va eng mukammal qonun sifatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi va tadbir ishtirokchilariga bundan keyingi tadbirlarni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.



2017-yil 26 noyabr kuni 171-psixologiya va 171-pedagogika va psixologiya yo‘nalishi gurux raxbarlari D.Matchanova, X.Kasimovalar va gurux talabalari bilan kun tartibida belgilangan “Ma’naviyat” kuniga bag‘ishlab, Xorazm viloyati YOshlar ittifoki kengashi xodimlari bilan bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv jarayonida Xorazm viloyati kengashi raisi Mansur Masharipov va shaxar kengashi raisi Nurbek Matyakubov 171-psixologiya va 171-pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan “Biz yot goyalarga karshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suxbati Xindistonning tanikli siyosiy arbobi Maxatma Gandi fikri bilan boshlandi: “Men uyimning darvoza va eshiklarini maxkam berkitib utira olmayman . CHunki unga toza xovo kirib turishi kerak va shu barobarida eshik va derazalardan kirayotgan xavo dovul bulib, xonadonimni agdar-tuntar kilib uzimni yikitib tashlashini xoxlamayman” . Bu suzlarni bugungi infarmatsion xurujlar va turli xil ma’lumotlarning turli yullar bilan mamlakatimizga, umuman, boshka mamlakatlarga xam kirib kelib, u yoki bu mintakada asrlar moboynida shakllangan kadryatlar, urf-odatlar, e’tikod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta’sir jarayonlari ma’nosida kullash xam mumkin. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, “internetomaniya” kasalligiga chalinish arafasida turgan Uzbekistonga xam yaxshi, xam yomon ta’sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning uzini-uzi psixologik jixatdan salbiy tasirlardan ximoya kila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir .
Gurux talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bu uchrashuv ularda katta ta’ssurot uyg‘otdi.

22-Noy Pedagogika binosi
2017 йил 22 ноябр куни « Педагогика ва психология» кафедрасида назарий ( илмий,услубий)семинар бўлиб ўтади. Семинарда “Педагогика ва психология”кафедраси ўқитувчиси М.Қаландарова “Таълим- тарбия тизимини ислоҳ қилиш” мавзусида маъруза ўтказади. Семинар 3-этаж, 310-хонада бўлиб ўтади. Барчани назарий семинаримизга таклиф этамиз.24-Iyun 310-xona
Maruzachi:Sodiqova U..Mavzu:O'zbekistonda yosh oilalarning qo'llab-quvvatlanishi
15-Iyun 310-xona
Maruzachi:Raximova E..Mavzu:edogogik konfliktologiyaning kelib chiqish sabablari.
08-Iyun 310-xona
Maruzachi:Matchanova D..Mavzu:Shaxs-stress-saraton bog'liqligi.
01-Iyun 310-xona
Maruzachi:Saidmuratova M..Mavzu:Trening mashg'ulotlaridan foydalangan xolda bilish jarayonlarini rivojlantirish.
25-May 310-xona
Maruzachi:Qalandarova Madina.Mavzu:Talabalarni ma'naviy ahloqiy sifatlari.
18-May 310-xona
Maruzachi:Raximov G'..Mavzu:Talabalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati.
11-May 310-xona
Maruzachi:Qalandarova M.Mavzu:Gurux rahbarlarini guruhdan tashqari ishlarini olib borish tartibi.
04-May 310-xona
Maruzachi:Nafasov D..Mavzu:O'qituvchi 'edagogik qobiliyatining ta'lim samaradorligiga ta'siri
27-Apr 310-xona
Maruzachi:Razzaqova R..Mavzu:Kasb- hunar kollejlari 'edagoglari kasbiy etikasini rivojlantirishning 'sixologik omillari
ҲАЛҚАРО ҲАМКОРЛИК АЛОҚАЛАРИ
Халқаро ҳамкорлик алоқалари кафедра фаолиятининг муҳим қирраси ҳисобланади. Кафедранинг ҳамкорлик алоқалари қуйидаги йўналишларда амалга оширилмоқда:
• Кафедра профессор-ўқитувчилари учун малака ошириш курсларини ташкил қилиш, ўзаро тажриба алмашиш мақсадида ўқув урслари ташкил қилиш;
• бакалавриат, магистратура талабалари ҳамда докторантларнинг илмий тадқиот амалиётлари, стажировкаларини ташкил қилиш;
• таълим дастурларини биргаликда ишлаб чиқиш;
• Академик учрашувлар, симпозиумлар ташкил қилиш, талабалар, докторантларни кенг жалб қилган холда илмий мактаблар ишини йўлга қўйиш.
• Ҳамкорликда илмий-тадқиқотларни ўтказиш, грант лойиҳаларини ишлаб чиқиш;
• ҳамкорликда илмий мақолалар тайёрлаш ва эълон қилиш;
• PhD докторантура фаолиятига ҳамкор олий таълим муассасасидан етакчи профессор-ўқитувчиларни жалб қилиш, маҳорат дарсларини ташкил қилиш.
Айни пайтда кафедра Москва педагогика давлат университети билан ҳамкорлик алоқалари ўрнатган. Икки томонлама ҳамкорлик шартномалари имзоланди. Кафедра профессор- ўқитувчиларининг Москва педагогика давлат университетида малака ошириш курсларида қатнашишларини ташкил қилиш учун тайёргарлик ишлари бормоқда.

