Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Filologiya

  • Dekan:Jumaniyozov Zoxid Otaboevich
  • Telefoni: +99842301002
  • Email: sahid03@mail.ru

Filologiya fakulteti haqida

      Filologiya fakulteti dastlab 1935-yilda Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti negizida O‘zbek tili va dabiyoti kulliyoti nomi bilan tashkil etilgan. So‘nggi yillarda fakultet nomi Filologiya (2011-yilgacha), Filologiya va san’at (2015-yilgacha), Filologiya (2019-yilgacha Xorijiy filologiya negizida) va yana Filologiya fakulteti tarzida faoliyat yuritmoqda.

    Bugungi kunda fakultet negizida  O‘zbek tilshunosligi, O‘zbek adabiyoti, Rus tili va adabiyoti kafedralari mavjud. Kafedralarda ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar salmog`i ko‘pchilikni tashkil qiladi. prof.H.Abdullayev, prof.S.Ro‘zimboyev, prof.Z.Do‘simovlarning har biri o‘ndan ortiq fan nomzodi, PhD, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy rahbarlik qilishgan. Fakultet kafedralari ixtisosliklari bo‘yicha 10.00.01. – O‘zbek tili hamda 10.00.06. – Rus tili yo‘nalishlaridan katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyat olib bormoqda.

    Fakultet tashabbusi bilan universitet miqyosida muntazam ravishda “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi hamda  “Notiqlik san’ati”, “Til tilsimi” loyihalari faoliyat yuritib kelmoqda.