Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Fizika matematika

  • Dekan:Ho'jamov Jumanazar Urazmetovich
  • Telefoni: +998942304471
  • Email: fiz_dekan@urdu.uz

Fizika matematika fakulteti haqida

Fakultet tarixi

Fizika-matematika fakulteti dastlab 1935-1936 o‘quv yilida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash institutining bo‘limi sifatida o‘z faoliyatini boshlab, unda 12 talaba tahsil olgan. Bu davrda birinchilar qatorida O. Yovbosarov, A. Karimov, N. Mavayev, M.Abdiyev va boshqa o‘qituvchilar pedagogik faoliyat olib borganlar. 1936 yilda Leningrad shahridan fizika mutaxassisligi bo‘yicha dosent  P. Burov institutga ishga taklif qilindi. U fakultetda “Fizika-matematika” kafedrasini ochib, zamonaviy talabga javob beradigan “Fizika laboratoriyasi” ni tashkil qildi va kafedra mudiri lavozimida ishlay boshladi.1941-1942 yillarda fizika-matematika bo‘limi fakultet sifatida shakllandi. Bu o‘quv yilida fakultetga Leningrad politexnika instituti “Fizika” kafedrasi mudiri E. Shtraus ishga keldi. U “Fizika-matematika” kafedrasi mudiri va fakultet dekani qilib tayinlandi.

1957 yildan boshlab fizika-matematika fakultetida fizika, matematika, pedagogika va boshlang‘ich ta’lim ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlanadi. 1962-1963 o‘quv yilidan boshlab yetuk, malakali o‘qituvchilarning yetishmasligi tufayli fizika-matematika fakultetiga talabalar qabul qilish to‘xtatildi. 1966 yilda fakultetga O‘zFA mexanika institutidan f-m.f.n., dosent M.Nazariy ishga taklif etildi va shu yildan boshlab yana fakultetga talabalar qabul qilish boshlandi. O‘sha yillari fakultetda 4 ta mutaxassislik matematika, fizika, pedagogika va boshlang‘ich ta’lim hamda biologiya bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. 
1972-1979 yillarda fakultetga M. Nazariy yetakchilik qilgan bo‘lsa, 1979 yildan boshlab, D. Jumaniyozov dekan bo‘lib ishladi. Fakultetda “Algebra va matematika o‘qitish metodikasi” hamda “Matematika” kafedralari tashkil etildi. 

1988 yildan esa fakultet tarkibida 3 ta kafedra ishlay boshladi. Unda asosan matematika-informatika, matematika-fizika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar tayyorlandi. 1991-1994 yillarda fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida f.-m.f.n, dosent E. Qo‘shchonov ishladi. 1992 yilda Xorazm davlat pedagogika instituti Urganch davlat universitetiga aylantirilishi munosabati bilan fizika-matematika fakulteti tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y berdi: avvalo fakultet kafedralari markaziy shaharlardan taklif qilingan yetuk mutaxassis kadrlar bilan boyitildi. Fakultetda yangi ilmiy pedogogik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi “Funksiyalar nazariyasi”, “Informatika va HT”, “Fizika” kafedralari, “Algebra va geometriya” kafedrasi asosida yangi “Amaliy matematika” kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 1994-1996 yillarda fakultetga f.-m.f.d. A.B.Hasanov, 1996-1999 yillarda f.-m.f.n, dotsent O.I.Asqarov, 1999-2009 yillarda f.-m.f.d., professor A.B. Hasanov, 2009-2015 yillarda f.-m.f.n., dotsent B.I.Abdullayevlar rahbarlik qilib, fakultetda o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy va ilmiy metodik ishlarning yuqori saviyada tashkil etilishiga, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshishiga katta hissa qo‘shdilar. 
2015 yildan boshlab fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida f.-m.f.n., dotsent J. Xujamov ishlab kelmoqda. 

Fakultetda o‘quv jarayoni

Hozirda fizika-matematika fakultetida hozirda 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda prоfessor- o‘qituvchilar soni jami 103 nafarni tashkil qilib, shundan 61 nafari asosiy shtatda (ulardan 6 nafari fan doktorlari, 14 nafari fan nomzodlari), 42 nafari o‘rindoshlik asosida (ulardan 3 nafari fan doktorlari, 13 nafari fan nomzodlari, 26 nafari kata o‘qituvchi va o‘qituvchi) faoliyat olib boradi.  Fakultetda 5 ta  bakalavr yo’nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi: 


"Matematik tahlil" kafedrasida

5130100 – Matematika

5А130101- Matematik analiz mutaxassisligi


"Amaliy matematika va matematik fizika" kafedrasida

 

5130200 - Amaliy matematika va informatika

 5140300 - Mexanika 

 5А130103-Differensial tenglamalar va matematik fizika

  5А130104-Matematik injiniring mutaxassisligi


"Axborot texnologiyalari" kafedrasida


5111118 - Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)

 
"Fizika" kafedrasida

 5140200 – Fizika

 5А140208 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi

 5А140202 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)


Jami bakalavr talabalari soni 1078 nafarni tashkil qiladi: bakalavriat– 1015, bakalavriat (2-mutaxassislik sirtqi) – 30, magistratura -33.

 

Fakultetda mavjud ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

1. Kompleks potentsiallar nazariyasi va dinamik sistemalar
2. Shturm-Liuvill operatori uchun sochilish nazariyasining to‘g’ri va teskari masalalari
3. Nochiziqli evolyutsion tenglamalarni integrallash
4. Biomexanik jarayonlarni matematik modellashtirish yarimo‘tkazgich materiallar va  yarimo‘tkazgich asboblardagi fizik jarayonlarni modellashtirish qattiq jism sirtidagi ion-atom  to‘qnashuvi jarayonlarini modellashtirish

fizika fanini o‘qitish sohasida noan’anaviy usullardan foydalanish metodikasi

Fakultetda amalga oshirilayotgan fundamental tadqiqotlar loyihalari

  1. ФА-Ф-4-002 raqamli М-subgarmonik funksiyalar va ularning kalibrlangan geometriyaga tadbiqlarigranti, rahbari f.-m.f.d., B.I. Abdullayev, muddati2017-2020 yillar
  2. ОТФ-Ф2-65 raqamli “АIIIBV tipidagi monokristallarning sirtidan past energiyali ionlarning sochilish qonuniyatlarini tadqiq qilish”granti, rahbari prof. U. Qutliyev
  3. ОТФ-Ф2-67 “Dielektrik yarimo‘tkazgich chegarasidagi nuqsonlar tabiatini va yon taqsimotini o‘rganish usuliga yangicha yondashish” granti, rahbari dоts. А.Аtamuratov
  4. ОТ-Ф4-04(05)”Spektral usulni matrisaviy nochiziqli evolyutsion tenglamalarni yechishga tatbiqlari; YUrak-qon tomir tizimi biomexanikasi” rahbari prof. A.B. Hasanov, muddati 2017-2020 yillar.

Xorijiy  grantlar bo‘yicha bajarilgan ishlar

Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Jumladan, “Matematik tahlil” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Abdullaev, A.Atamuratov va M.Vaisovalar Rossiya-O‘zbekiston xamkorligidagi MRU-OT-9/2017 “Многомерный комплексный анализ” grant loyihasida ishlab kelmoqdalar.

Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan Erasmus + dasturi asosida “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program” nomli loyiha 3 yillik muddatga yutib olingan edi. Bu loyiha bu yil muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyixada asosan fakultetda matematik injineringi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursi tashkil qilinishi mo‘ljallangan edi.  Bu loyixada Evropa Ittifoqining bir qator (Ispaniya, Italiya, Sloveniya) davlatlari ilmiy izlanish markazlari xamkorlik qilishyapti. Loyihaning umumiy xajmi 636 496 evroni tashkil qiladi. Loyiha asosida  2017-2018 va 2018-2019 o‘quv yillarida 5A130104-Matematik injeniring magistratura mutaxassisligiga qabul o‘tkazilib, hozirda 7 nafar magistrant tahsil olmoqda. Magistraturada o‘qitiladigan fanlarning ma’lum qismi ingliz tilida ta’lim beriladi.

“Axborot texnologiyalari” va “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedralari o‘qituvchilari  tomonidan O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand Davlat chet tillari universitetlari bilan hamkorlikda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan  ERASMUS+ dasturi asosida “СLASS - Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP raqamli loyiha yutib olindi. Ushbu loyihadan maqsad Respublikamizda shu yo‘nalishdagi xorijiy etakchi universitetlar bilan hamkorlikda ularning tajribalarini o‘rganish, kompyuter lingvistikasi  bo‘yicha o‘quv rejalarini, fan dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, moddiy texnik bazani shakllantirish va yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Loyihaning umumiy byudjeti 761 450 evroni tashkil qiladi.

Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi

2018 yilda 3 nafar  fakultet o‘qituvchisi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2018 yil 30 martda Urganch Davlat universiteti matematik tahlil kafedrasi o‘qituvchisi Ibragimov Zafar SHavkatovichning 01.01.01.-matematik analiz ixtisosliklari bo‘yicha “Kvazianalitik funksiyalar grafiklarining plyuripolyarligi” mavzusidagi,  2018 yil 14 martda “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi o‘qituvchisi Matyaqubov Muxammadning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi. “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Polvonov Bozorboy 2018 yil yanvar oyida himoya qildi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

2018 -2019 o‘quv yilda 20 nafar talaba Urganch davlat universitetining iqtidorli talabasi maqomiga ega bo‘lishdi, shulardan 2 nafari Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. Joriy o‘quv yilida “Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ismoilov Muxiddin Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Fayzullaev Bexzod 2018 yilgi matematika respublika fan olimpiadasi 3-o‘rin g‘olibi, 2018 yilgi  birinchi Al-Xorazmiy xalqaro matematika fan olimpiadasi bronza medali sohibi, 2018 yilgi xalqaro Sibir matematika olimpiadasi kumush medal sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari “Matematika” ta’lim yo‘nalishi talabalari Tojiboeva Husniya, Iskandarov Sanjar, Allaberganov Olimboylar ham mazkur olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Xalqaro Sibir matematika olimpiadasida jamoaviy xisobda bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.

2018 yil 1-2 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrining Kazakh-British Technical University da o‘tkazilgan ACM ICPC dasturulash bo‘yicha xalqaro olimpiadaning SHimoliy-Evroosiyo hududiy yarim final bosqichida 3 nafar talaba qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

“Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabasi YAxshimurodov Baxodir 2018 yil o‘tkazilgan astronomiya va astrofizika fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. 

 Fotolavhalar