Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Kimyoviy texnologiyalar

  • Dekan:Boyjanov Islom Rajabboyevich
  • Telefoni: +9898912798126
  • Email: bayjanovislom@gmail.com

KIMYOVIY-TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TARIXI

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 martdagi № 156 sonli urganch davlat universiteti ustavini tasdiqlash to’grisidagi buyrug’iga asosan “Texnika” fakulteti tarkibidan ajralib chiqqan.


Kimyoviy – texnologiyalar fakultetida 2 ta kafedra mavjud bo‘lib, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda:
“Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi:
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:
5320400 – kimyoviy texnologiya (silikat materiallari);
5320400 – kimyoviy texnologiya (organik moddalar);
5320500 – biotexnologiya (oziq-ovqat,ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi) Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha:
5A320404 – silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi


“Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash hamda oziq - ovqat texnologiyasi” kafedrasi:
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha:
5410500 – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
5321000 – oziq –ovqat texnologiyasi (go‘sht-sut va konserva mahsulotlari)
5321000 – oziq –ovqat texnologiyasi (yog‘-moy mahsulotlari) Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha:
5A321001- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi)


Fakultetda malakali 43 nafar professor -o‘qituvchi talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda va yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim bermoqda. Shulardan 30 nafari asosiy shtatda va 13 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Fakultetda 2 ta fan doktori, 1 ta universitet faxriy professori, 12 ta fan nomzodi va 3 tasi katta o‘qituvchilardir.


Yuqorida keltirilgan ta’lim yo‘nalishlarida jami 2016-2017 o’quv yili xolatida 913 nafar talaba taxsil olmoqda, shulardan 488 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 425 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi. Fakultetda qo‘shni Turkmaniston Respublikasi yoshlari ham o‘z bilimini oshirmoqda.



2015@ URDU | All rights are reserved.| Department of IT