Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Pedagogika

  • Dekan:Madatov Xabibulla Axmedovich
  • Telefoni: +99891 429-19-33
  • Email: habi1972@mail.ru

Pedogogika fakulteti

Pedagogika fakulteti 1954 yilda tashkil qilingan. Fakultetda Pedagogika va psixologiya, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedralari faoliyat yuritgan. Fakultetga ko'pyillar davomida prof. M Jumaniyazov, G' Sotipov, prof. H Abdullaev, prof F Rajabovlar rahbarlik qilganlar. Respublika va viloyat miqyosida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida 1994-yil 30-yanvardan "Pedagogika" markazi tashkil qilingan va unga dotsent F Rajabov rahbar qilib tayinlangan. Markaz qoshida Pedagogika va psixologiya, Umumtexnika fanlari va ishlab chiqarish asoslari, Maxsus jismoniy tarbiya, Boshlang'ich ta'lim metodikasi, Musiqa pedagogikasi kafedralari mavjud bo'lgan. Markazda 600 nafarga yaqin talaba ta'lim olgan. Professor-o'qituvchilar soni esa 83 nafarni tashkil etgan. Pedagogika markazi 2000 yilda Pedagogika fakultetiga aylantirildi. Unda boshlang'ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, tasviriy san'at va muxandislik grafikasi, amaliy san'at, musiqa va mehnat ta'lim mutaxassisliklari bo'yicha o'qituvchiqadrlar tayyorlangan. 2006-yilda "Ishlab chiqarish asoslari" kafedrasi Injenertexnika fakulteti tarkibiga qo'shildi. Dastlab fakultetda professor F Rajabov va f.-m.-f.n. E Qo'shchanovlar dekan lavozimida ishladilar. 2002-2011 yillarda fakultetni pedagogika fanlari doktori E Ro'ziyev boshqargan. 2011-2013 yillarda fakultetni pedagogika fanlari nomzodi A Xudoyberganov boshqargan. 2014 yildan hozirgacha fizika-matematika fanlari nomzodi Madatov Xabibulla Axmedovich Pedagogika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Fakultetda hozirgi kunda quyidagi kafedralar faoliyat ko'rsatmoqda.


1. Pedagogika va psixologiya kafedrasi.
2. Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi.
3. Mehnat ta'limi kafedrasi.
4. Musiqa ta’limi kafedrasi.
5. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi.
Fakultetda bugungi kunda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha talabalar taxsil olmoqda:

5110800 – Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi.
5110900 – Pedagogika va psixologiya
5111100 – Musiqa ta’limi
5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlar
5111800 – Maktabgacha ta’lim
5112100 – Mexnat ta’limi.
5210200 – Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) .