Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Tabiiy fanlar

  • Dekan:Ruzimov Jumanazar Sharipovich
  • Telefoni: (8362) 224-66-33
  • Email: ruzimov_j@mail.ru

TABIIY FANLAR FAKULTETI TARIXI

1949 yili Xorazm davlat pedagogika institutida biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan to’liqsiz oliy ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlaydigan bo’lim ochildi. Unga 1949-1959 yillarda dotsent S.I.Izmailov va I.Karimovlar boshchilik qildi. Bo’limda o’qish muddati 2 yilga mo’ljallangan bo’lib, unda S.I.Izmailov, I.Karimov, A.Haydarov, P.Komilov, Z.Karimova kabi pedagoglar xizmat qildilar.
1967 yilda XDPIda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydigan tabiatshunoslik fakulteti tashkil etildi. 1967-1991 yillar mobaynida fakultetga dotsent S.Xo’janiyozova, T.Ollaberganov, A.Sotliqov va so’ngra R.Egamberdiyev, B.Sodiqovlar boshchilik qildi. Fakultetda biologiya, biologiya-kimyo, geografiya, biologiya-geografiya ixtisosliklari bo’yicha oliy ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlandi. O’sha davrda fakultetda 500 nafarga yaqin talaba tahsil oldi.


S.Iskandarov, S.Xo’janiyozova, G.Hojiqurbonova, B.Haqberdiyev, A.Matyoqubov, R.Egamberdiyev, R.Sobirov, B.Sodiqov, R.Xamzin, M.Eshchanov, P.Otayevlar fakultetning fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan tajribali o’qituvchilari edi. 1992 yilgacha fakultetda botanika-tuproqshunoslik, kimyo, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya kafedralari faoliyat ko’rsatdi. Kafedralarga R.Egamberdiev, B.Sodiqov, A.Matyoqubov, R.Qurbonniyozov, G’.Satipov, B.Haqberdiyevlar rahbarlik qildilar. Fakultet professor-o’qituvchilari «Xorazm vohasi cho’l o’simliklarining biologik xususiyatlari», «Xorazm vohasi suv havzalarining gidrobiologiyasi» va «Amudaryo etagi regionida sug’oriladigan rayonlarning iqtisodiy-sotsial muammolari» yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Mazkur muammolar yuzasidan bir qancha monografiyalar, (M.Eshchonov, B.Haqberdiyev, R.Egamberdiyev tomonidan) ilmiy maqolalar chop etildi va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
1992 yildan keyin fakultet kafedralari zamon talabi asosida qaytadan tashkil etildi. 1992-yildan 2006-yilgacha fakultetni k.f.n., R.A.Eshchanov boshqargan. Shu davrda fakultetda 50 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar xizmat qilgan. Shulardan 2 nafari fan doktori, 4 nafari professor, 18 nafari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan.


Dotsent R.A.Eshchanov boshchiligida Urganch Davlat universiteti, Germaniyaning Bonn universiteti qoshidagi rivojlantirishni tadqiq qilish ilmiy markazi (ZEF) va UNESCO hamkorligida Xorazm viloyatida ekologik ahvol va atrof-muhitning tuz, pestitsidlar bilan ifloslanishini, qishloq xo’jaligida tuproq va suv resurslaridan foydalanish, ekinlardan yuqori hosil olish, aholining salomatligini va iqtisodini yaxshilash, demografik jarayonni o’rganish uchun hamkorlik o’rnatildi. Bu loyiha ilmiy tadqiqot ishlari 10 yilga 10 mln. evroga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda. Mazkur loyihani mablag’ bilan ta’minlashni Germaniyaning Fan va ta’lim federal vazirligi, qo’shimcha mablag’ bilan ta’minlash esa Nordrayx-Vestfalen shtati Fan va ta’lim vazirligi hamda Germaniya akademik kadrlar almashish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan. ZEF UNESCO loyihasi bo’yicha Urganch Davlat universitetiga loyiha ishlarini bajarish uchun laboratoriya anjomlari, asbob-uskunalar va 8 ta yengil avtomobil ajratildi. Bundan tashqari, grant asosida fakultetga 5 ta kompyuter (2 800 000 so’m), 1 ta skaner va printer (200 000 so’m), 1ta kreslo (100 000 so’m), 600 000 so’m miqdoridagi mebel, 15 ta stul (275 000 so’m) berildi. Loyiha doirasida geografik axborot tizimi (GIS) markazi tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar Germaniyadan olib kelindi.


Ro’zimboy Eshchanov rahbarligida 2006 yildan boshlab bakalavrni tugatgan biologiya, agronomiya, geografiya va iqtisodiyot yo’nalishidagi talabalarining tanlov asosida Germaniyaning Vaynshteyn instituti magistraturasida ta’lim olishi yo’lga qo’yilgan.
Tadqiqotlarni zamon talablari darajasida olib borish uchun xorijiy hamkorlar bilan UNESCO hisobidan «Afrika, O’rta Sharq va Markaziy Osiyo quriyotgan ko’llari» uchun fakultetda optik tolali virtual laboratoriya tashkil etildi. Bu laboratoriya ilmiy tadqiqot, o’quv ishlarida axborotlarni qabul qilish va uzatish, masofadan o’qitish, tele-videokonferensiyalar, portallar tashkil etishga xizmat qilmoqda va 3 marta Urganch-Bonn, Urganch-Olmaota, Urganch-Navoiy xalqaro videokonferensiyalari o’tkazildi.
2005 yil 7-8 iyun kunlari Urganch Davlat universiteti va ZEF UNESCO loyihasi ishtirokchilari bilan hamkorlikda «Quyi Amudaryo regionida yer va suv resurslaridan foydalanish tizimini iqtisodiy va ekologik takomillashtirish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
2005 yil 17-20 oktyabr kunlari fakultet a’zolari tomonidan O’zR FA Zoologiya instituti xodimlari bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida «Markaziy Osiyo termitlari, ularning biologiyasi, ekologiyasi va kurash choralar» mavzusida xalqaro seminar o’tkazildi. TASIS fondi tomonidan fakultetga ekologiyaga doir videotekalar berildi.
2006-yildan 2008-yillarda fakul’tetga q.x.f.n. Sh. Qodirov rahbarlik qilgan. Tabiatshunoslik fakulteti olimlri UNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbarligida tropik ekin «Indigofero» o’simligini mahalliy sharoit sho’rlangan tuproqlarida o’stirishga iqlimlashtirganlar va mahalliy «Feruz-1» navini yaratgan.
2008-2012 yillarda fakultetni b.f.n. dots. I.I.Abdullaev boshqargan. 2012-yildan hozirgacha Tabiiy fanlar fakultetida k.f.n., dots X.Q.Polvonov dekan vazifasini bajarib kelmoqda.
2012-2013 o’quv yilidan boshlab, Respublika Davlat patent idorasi tomonidan berilgan «Kartografik ishlar» bo’yicha litsenziya olindi.
Toshkent shahrida tashkillashtirilgan agronomiya fani bo’yicha Respublika fan olimpiadasida Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 201-tuproqshunoslik yo’nalishi talabasi Nazokat Yakubova (S.Sa’dullaev rahbarligida) faxrli 3- o’rini egalladi.
4-kurs biologiya yo’nalishi talabasi X.Allaberganova (G’.Yaqubov rahbarligida) biologiya fani bo’yicha QarDU da bo’lib o’tgan Respublika fan Olimpiadasining II bosqichida faxrli II o’rinni egalladi.
Fakultet professor-o`qituvchilari innovatsion yarmarkalarda faol qatnashmoqdalar. Jumladan, VIII va IX Respulika unnovatsion g’oyalar, ishlanmalar va loyihalar yarmarkasida professor-o’qituvchilardan Sh.Hasanov, H.Azizjanovlar, iqtidorli talabalardan F.Abdullayeva, N.Niyozovalar faol qatnashdilar.


Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti KRASS laboratoriyasi TEMPUS fondining “UZWATER” loyihasi bo’yicha “Atrof muhit va barqaror taraqqiyot dasturi asosida suvdan foydalanishni boshqarishga asoslangan magistratura kursini ochish” loyihasi doirasida intensiv trening dasturi bo’lib o’tdi. Bu treningda fakultet profesor-o’qituvchilar tarkibi va yosh olimlar, talabalar uchun ma’ruza va seminarlar uyushtirildi.
2017-2018 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Urganch Davlat Universiteti Tuproqshunoslik kafedrasida 2 ta yangi yo’nalish, Agronomiya (sabzavotchilik va polizchilik) hamda O’simliklarni himoya qilish va karantini mutaxassisliklari ochilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek kafedra negizida maxsus qovunchilik bo’limi va uning laboratoriyasi ham faoliyatini olib boradi.
Hozirgi paytda fakultet tarkibida quyidagi kafedralar mavjud:
1. Geodeziya, kartografiya, geografiya
2. Kimyo
3. Biologiya
4. Tuproqshunoslik