Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Tarix

  • Dekan:Shixov Otabek Omonbaevich
  • Telefoni: (8362) 224-66-27
  • Email: fak_tarix@urdu.uz

Urganch davlat universiteti Tarix fakultetining shakllanish jarayoni 1935-yildan boshlanadi.
Shu yildan (1935) boshlab Xorazm Davlat pedagogika instituti tarkibida ijtimoiy fanlar o`qitila boshlangan.
1944-yilga kelib, ijtimoiy fanlar alohida kafedra tarkibiga jamlandi.
1944-1946-yillarda kafedraga S.Boltacheeva so`ngra Moskvadan yuborilgan L.A.Vishkarev rahbarlik qilgan.
Kafedrada o`sha yillari L.A.Vishkarev, S.Boltacheeva, A.Mantusieva, Grinka, M.X.Aliakbarov kabi o`qituvchilar ishladilar.
1954-yilda kafedra jamoasiga falsafa fanlari nomzodi Ya.Rajapov va katta o`qituvchi R. Jumaniyozov, Vapaevlar kelib qo`shildi.
1954-yildan boshlab institut ijtimoiy fanlar kafedrasiga dotsent Ya. Rajapov mudir etib tayinlandi. U ana shu lavozimda salkam 30 yilga yaqin faoliyat ko`rsatdi.
O`sha yillarda kafedraning ilmiy salohiyati nihoyatda quyi darajada edi. Olimlarga-fan nomzodlariga, professorlarga ehtiyoj sezilardi.
Kafedrada ishlayotgan 10 dan ortiq o`qituvchilardan bir kishi yani Ya.Rajapov ilmiy darajaga ega edi xolos.
Kafedrani tajribali o`qituvchilar bilan mustahkamlash lozim edi.
Shu sababdan Toshkent oliygohlaridan professor J. M.Bobonev, professor B. Ismoilov, professor M.Baratov, professor I. Jabbrov kabi olimlar ishga taklif etildi.
1960-1970-yillarda kafedra salohiyati Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev oliygohlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlar hisobiga mustahkamlandi.
Fan nomzodi, dotsentlardan N.Qalandarov, M.Matniyozov, A.Sotliqov, K.Abdullaev, A.Xayitboev, X.Sapaev, F.Madraximov, A.Sobirovlar yoshlarga ijtimoiy fanlarni o`qitishda alohida fidoiylik ko`rsatdilar.
1967 yilga kelib Xorazm Davlat pedagogika institutining kengayishi munosabati bilan ijtimoiy fanlar kafedrasi 3 ta kafedraga ajratildi.
Tarix fakulteti uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatib, dastlab “Filologiya va tarix“ fakulteti deb nomlandi, Filologiya va tarix fakultetidan 2001-yil 3-yanvarda ajaralib alohida “Tarix va huquq” fakulteti bo’lib shakllandi.
2008- yildan boshlab esa, “Tarix” fakulteti deya nomlanadi.
Fakultetni 2001-2005-yillar davomida yu.f.n. Ya.Yu.Ollamov, 2005-2009- yillarda t.f.n,dots. S.R.Davletov boshqardi, 2009-yilda t.f.n. T.P. Abdullayev boshqardi. 2013-yildan boshlab t.f.n. O.Shixov rahbarlik qilmoqda.
Joriy o’quv yilida jami 598 nafar talaba bilim olmoqda.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’`yicha kadrlar tayyorlanadi: 5120300-«Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)» 5111600- «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi»
Shuningdek 5A120302-«Tarih(yo’nalishlar va mamlakatlar)» mutahassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda o`quv jarayonlari va ilmiy-uslubiy ishlarga quyidagi kafedralar rahbarlik qilmoqda: Tarix kafedrasi.
Kafedra mudiri., t.f.n., dots. O`.I. Abdullayev, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi.
Kafedra mudiri., t.f.n. dots. O.B. Abdullayev , O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa kafedrasi.
Kafedra mudiri., f.f.d. M. Xajiyeva. Fakultetda 2 nafar professor, 1nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi dars beradi.
Professor o`qituvchilar tarkibibining saviyasi ularning ilmiy tadqiqotlar, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishlari, fanlarning o`quv dasturlariga yangi metod va texnologiyalarni joriy qilishida namoyon bo`ladi. O`quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, ta`lim berishning faol shakl va usullari, videoleksiyalar va yangi texnologiyalarni qo`llash ko`magida talabalarning tarix va boshqa gumanitar fanlardan bilimi yuksalib, olimpiadalar, intellektual o`yinlar, munozaralarda faolligi oshadi.
Fakultetda talabalar uchun bir necha ilmiy to`garaklar faoliyat yuritmoqda.
“Tarix” kafedrasida “Oykumena”, “O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa” kafedrasida “Yosh faylasuflar”, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasida “Yosh huquqshunoslar” ilmiy to`garaklari faoliyat ko`rsatadi. Talabalar ushbu ilmiy to`garaklarda tarix, falsafa va huquqiy sohalardagi fan yangiliklari bilan tanishib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Fakultetda iqtidorli talabalar guruhi shakllangan bo`lib, ularga muntazam ravishda mutaxassislik fanlaridan, xorijiy tillar va informatika va ahborot tehnologiyalaridan maslahat mashg`ulotlari o`tkaziladi.
2002-2016-yillarda fakultet talabalaridan 3 nafari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, 9 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldilar.
Fakultet bitkazuvchilari jamiyatning ta`lim va boshqa sohalarida o`zlarining yuksak professional tayyorgarlik darajasini namoyon qilmoqdalar.
Tarix fakultetida ta`lim olgan qobiliyatli yosh mutaxassislar bugungi kunda o`qish va ish faoliyatlarini xorijda, O`zbekistinning turli hududlarida davom ettirmoqdalar.