Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Turizm va iqtisodiyot

  • Dekan: Salayev San'atbek Kamilovich
  • Telefoni: +998912758895
  • Email: fak_iqtisod@urdu.uz
Fakultet web sayti

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETINING TARIXI

Turizm va iqtisodiyot fakulteti Urganch davlat universiteti gumanitar fanlar fakulteti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Urganch filialining qo`shilishi natijasida 1995 yil 9 iyulda Iqtisodiyot fakulteti nomi bilan tashkil qilingan. Fakultet dekani iqtisodiyot fanlari doktori, professor Salayev San’atbek Komilovich “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Matyakubov Umid Raximovich, “Turizm” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Farhod Azadovich Abdullayev, “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Ilyas Sultanovich Abdullayev Fakultetda 45 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ularning 3 nafari fan doktori va professor, 1 nafari faxriy professor, 13 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 7 nafari katta o`qituvchi va 22 nafari assistent-o`qituvchilardan iborat.

Bugungi kunda fakultetda “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)”, “Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit)” “Kasb ta’limi (Iqtisodiyot)”, “Turizm (faoliyat turlari bo`yicha)”, “Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar va “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), “Turizm (xalqaro turizm)” mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’yicha bugungi kunda 3 ta ilmiy maktab shakllangan bo`lib, prof.B.Ro`zmetov prof.T.Do`stjanov va prof.S.K.Salayevlar rahbarligida quyidagi yo`nalishlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi:
- mintaqani kompleks rivojlantirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari;
- xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari;
- turizm va mehmonxona biznesini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari;
- mintaqada turistik xizmatlar bozorini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari;
- mintaqada aholi turmush farovonligini oshirish,mehnat bozori va bandlikning nostandart shakllarini rivojlantirish masalalari
- Kasbiy fanlarni o`qitish samaradorligini oshirish masalalari.

Shu kungacha prof.T.Do`stjanov tomonidan 11 nafar, prof.B.Ro`zmetov tomonidan 4 nafar, prof.S.Salayev tomonidan 2 nafar fan nomzodlari tayyorlandi.

Fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan 2016 yil mobaynida 1 ta monografiya, 4 ta o`quv-uslubiy qo`llanma, 12 ta maqola chet ellarning nufuzli jurnallarida, 9 ta maqola respublika jurnallarda, 40 dan ortiq tezislar respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida, 8 ta tezislar xalqaro miqyosda o`tkazilgan ilmiy anjumanlarda chop qilindi.
Fakultetda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 1 ta fundamental, 2 ta amaliy 1 ta innovatsion loyihalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fakultetda katta ilmiy xodim izlanuvchilar instituti tashkil etilgan bo`lib, prof. B.Ro`zmetov prof.T.Do`stjanov va prof.S.Salayevlar rahbarligida 08.00.05-“Xizmat ko`rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”, 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot”, 08.00.08 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo`yicha 5 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchilar o`zlarining ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

Fakultet AQSH, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya, Polsha, Belgiya va boshqa davlatlatning nufuzli universitetlari bilan xalqaro aloqalar o`rnatgan.