Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi yuqordagi ko`rinishga ega: tog`lar, daryolar va so`l tomoni bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo`lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo qushi va daryolar - kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi - oltin rangida; g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy - yashil rangda; chanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak - oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar - oq rangida tasvirlangan.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKaSINING DAVLAT BAYROG'I

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasining timsoli bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i - bayroqning butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir.

2015@ URDU | All rights are reserved.| Department of IT