Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ilm fan 2020

Ilm fan 2020 dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.

Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni «SCOPUS» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Urganch davlat universitetida ushbu xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalari tizimlaridan foydalanish, etakchi ilmiy jurnallardagi axborotlardan foydalanish, hamda yosh olim, izlanuvchilarni dunyoning etakchi ilmiy jurnallariga ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr etish bo'yicha ko'rsatmalar berilmoqda. Shu o'rinda universitet ilmiy xodimlari va yosh ilmiy izlanuvchilar ushbu loyiha doirasida turli konferentsiya, forum va seminarlarda qatnashib kelmoqdalar.

Foydali ma'lumotlarga havolalar:

Foydali ilovalar

«Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturidan ko‘zlangan maqsad nima?

Oliy taʹlim muassasalarining har biri xalqaro reytingga ega bo‘lishi lozim