Iqtidorli talabalar

Urganch davlat universiteti bo‘yicha 2017-2018 o‘quv yilida iqtidorli talabalarni tanlash, ular bilan tizimli ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi bo‘yicha

Hisobot yilida universitetimizda iqtidorli talabalarni izlab topish, qo‘shimcha ravishda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va ilmiy izlanishlarni malakali ravishda amalga oshirishlarini ta’minlash hamda ularning Prezident va Davlat stipendiyalari tanlovlariga, Respublika Fan olimpiadalariga yuqori darajada tayyorlash, turli chet el va mahalliy grantlarga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Universitetda iqtidorli talabalarni tanlash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:

· Hujjatlar bo‘yicha tanlov (reyting daftarchasi, dekan tavsiyanomasi, ilmiy ishlar ro‘yxati va chop etilgan maqolalar nusxalari);

· TOEFL, IELTS yoki fransuz va nemis tillaridan online test topshirish;

· O‘zbekiston tarixi va informatika fanlarini bilish;

  • Suhbat (Intervyu);

Iqtidorli talabalar uchun yozgi ta’til paytida iyul, avgust oylarida chet tillari fanlaridan to‘garaklar tashkil qilindi.

UrDU rektori buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashuvchi talabalarni test sinovlariga va Oliy ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tadigan suhbatga tayyorlash uchun atoqli professor o‘qituvchilar jalb qilingan xolda o‘quv mashg‘ulotlar tashqil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentyabrda chiqarilgan № 698-sonli buyrug‘i asosida 2017-2018 o‘quv yili uchun 5 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari sovrindori deb topildi.

T/r

Ism sharifi

Ta’lim yo‘nalishi

Muddati

Ta’lim turi byudjet/shart-noma

Kursi

Stipendiya turi

1

Saurov Ravshonbek Ruslanbek o‘g‘li

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

2018-yil

31 avgustgacha

byudjet

3

Navoiy davlat stipendiyasi

2

Polvonova Nafisa Muxitdinovna

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

2018-yil

30 iyungacha

shartnoma

4

Navoiy davlat stipendiyasi

3

Xasanov Temur Gafurjonovich

Mexanika

2018-yil

31 avgustgacha

shartnoma

3

Ulug‘bek davlat stipendiyasi

4

Samandarov Abrorbek Islomboevich

Oziq-ovqat texnologich (maxsulot turlari bo‘yicha)

2018 yil 30 iyungacha

shartnoma

4

Beruniy davlat stipendiyasi

5

Ismailov Adhambek Baxramovich

Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

2018 yil 31

avgustgacha

shartnoma

3

Islom Karimov davlat stipendiyasi


Universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash, universitetdagi iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularga o‘z bilimlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyatilgan yaratilgan. Universitet talabalari fan olimpiadalarida faol qatnashib kelmoqdalar. SHuningdek 2016-2017 o‘quv yili natijalari bo‘iicha fan olimpiadalarida qatnashgan talabalardan 9 nafari faxrli o‘rin egalladilar. Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomining 3-bandiga asoslanib olimpiadada faxrli o‘rinni egallagan talabalar va ularning rahbarlari UrDu bo‘yicha 2017 yil 21 iyunda chiqarilgan 100-IB & 1 buyrug‘i asosida rag‘batlantirildi:

Talabaning F.I.SH.

Olgan o‘rni

Fan yo‘nalishi

Ilmiy rahbari

1

Bekchanov Sardor Ergash o‘g‘li

3

Matematika

Atamuratov A.A.

2

Abdullaeva Komila Kamoliddin qizi

3

Nemis tili va adabiyoti

Jumaniyazov O.J.

3

Atasheva Gulshoda Madrim qizi

2

Fransuz tili va adabiyoti

Xudaybergenova N.R.

4

Sobirova Laylo Xudoyberganovna

3

Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va amaliyoti

Ko‘palov S.U.

5

Safaev Saloxiddin Rizamat o‘g‘li

2

Fizika

Ro‘zimov K.M.

6

SHigabutdinov Amir Anvarovich

2

Kimyo

Boltaeva M.M.

7

Hojiev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

1

Xuquqshunoslik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Quryozov S.S.

8

SHarifova Nazokat Olimboy qizi

3

Fransuz tili

Xudayberganov YO.I.

9

Bekberganov Alisher Xikmatullaevich

3

Astronomiya va astrofizika

Avezmuratov O.


Iqtidorli talabalar bilan ishlashning muhim tarbiyaviy ahamiyatini e’tiborga olib, g‘olib talabalar hamda ilmiy rahbatlarni mukofotlash marosimi universitet Kengashida tantanali ravishda o‘tkaziladi va universitet veb-sahifasida hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash “Universitet iqtidorli talabasi to‘g‘risidagi Nizom” asosida olib boriladi. Nizomga asosan xar bir fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha ma’sul xodimlar belgilangan. Fakultet iqtidorli talabasi unvoniga ega bo‘lgan talaba fakultet Kengashi qarori asosida universitet iqtidorli talabasi nomini olish uchun tavsiya qilinadi. Bundan keyin universitet bo‘yicha tavsiya etilgan talabalardan informatika, chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari, tarix va ma’naviyat asoslari fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar UrDU bo‘yicha qo‘shimcha tashqil qilinadigan ingliz va rus tillari fanlaridan yozgi to‘galaklarida ta’lim oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun keyingi yilga iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish va iqtidorli yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida UrDU rektorining 2017 yil 5 oktyabrdagi 164-T§2 buyrug‘i asosida universitetimizning 71 nafar talabalariga asosiy stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda eng yuqori stipendiyaning 10% miqdorida qo‘shimcha stipendiya tayinlandi.