Ilmiy kengash

2018 yilda universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish borasida yana bir ijobiy o‘zgarish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK raisining 2017 yil 28 dekabrdagi 213-sonli qarori bilan Urganch davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti huzurida fizika-matematika fanlari bo‘yicha (01.01.01-Matematik analiz va 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosliklari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.28.12.2017.FM.55.01 shifrli Ilmiy kengash tuzildi va u muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Universitet professor-o‘qituvchilaridan bir nafari (Z.Ibragimov) shu yilning 30 mart kuni mazkur Kengashda matematika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Joriy yilning 14 iyun kuni yana bir himoya bo‘lib o‘tadi.
2018 yilda kafedralar va ixtisosliklar kesimida falsafa doktori (PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science) safini yoshartirish, disertatsiyalarni himoyasi samaradorligini oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni ko‘tarish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.