Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Magistrtura hujjatlar to'plami

Magistrtura hujjatlar to'plami

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. Magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

2. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma - O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

4. 086-U-shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;

5. Pasport nusxasi.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilish jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi ho’jjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.

bundan tashqari

  • abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.
  • Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblari o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
  • Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo'lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
  • Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.