Har qanday elektron murojat virtual qabulxona orqali amalga oshirishigiz mumkin

Davlat ramzlari

Markaz haqida

UrDU qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta'lim markazining maqsadi, asosiy vazifalari


Universitet qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va kayta tayyorlash ta'lim markazi, Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 1999 yil 19 fevraldagi «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash to`g`risida»gi 57-sonli buyruqida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Urganch Davlat universiteti Ilmiy kengash qarori xamda Xorazm viloyati o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshq armasi kollegiyasi majlisining qaroriga asosan 1999 yil 26 iyulda Urganch Davlat universiteti q oshida tashkil etildi.

Joylashgan o`rni: Urganch tumani Fayozov ko`chasi 1-uyda (Urganch tuman sanoat transport kasb-hunar kolleji binosi) joylashgan.

Markaz Nizomi universitet kengashi tomonidan qayta ko`rib chiqilib, 2011 yilda tasdiqlangan.

Markazning maqsadi va mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o'zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko'rsatish uchun kadrlarning madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy bilim, ko'nikma, malakalarini oshirish yoki yangi kasbiy bilim va ko'nikmalar egallashga kadrlarni qayta tayyorlashdir.

Ko'zlangan maqsadga muvofiq markaz oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:

-negizida tashkil etilgan oliy ta`lim muassasasi salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim yo'nalishlarini belgilash;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha marketing izlanishlari o'tkazish, istiqbol va joriy rejalarni ishlab chiqish;

-qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo'yilgan Davlat talablariga muvofiq ta'lim yo'nalishlari bo'yicha malaka oshiruvchi (qayta tayyorgarlikdan o'tuvchi) pedagogning bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablarni shakllantirish, ular asosida o'quv reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqqa kiritish;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o'qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;

- tinglovchilar uchun zaruriy o'quv-uslubiy qo'lanmalar, didaktik vositalar va tarqatma materiallar ishlab chiqish;

- tinglovchilar bilimini muntazam va yakuniy nazorat qilish va baholashning xolis va tezkor usullarini ishlab chiqish va qo'llash;

- pedagogik faoliyatga yuqori malakali, yetarli (kamida 5 yil) ish stajiga ega bo'lgan pedagog va mutaxassislarni jalb qilish;

- tinglovchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

- ta'lim xizmatlari ko'rsatish orqali byudjetdan tashqari mablag'lar topishni yo'lga qo'yish;

- kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi va uslubiyotini takomillashtirish hamda yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga bag'ishlangan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar o'tkazish.

URDU qoshidagi KMO va QTT ta'lim markazida quyidagi yo'nalishlarda malaka oshirish kurslari o'qitiladi:

1. O'zbek tili va adabiyoti

2. Davlat tilida ish yuritish

3. Rus tili va adabiyoti

4. Ingliz tili

5. Nemis tili

6. Iqtisodiyot asoslari

7. Pedagogika. Psixologiya

8. Oila psixologiyasi

9. Tarix

10. Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari

11. Shaxs va jamiyat

12. Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik

13. Fizika

14. Matematika

15. Informatika

16. Kimyo

17. Biologiya

18. Biologiya va ekologiya

19. Geografiya

Pedagogik qayta tayyorlov kursi (nopedagog, oliy ma'lumotli mutaxassislar uchun)