Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING

BUYRUG‘I

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3069]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir I. MADJIDOV

Toshkent sh.,

2018 yil 9 avgust,

19-2018-son

Batafsil: