Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

«Tafakkur sinovlari» Respublika ko’rik-tanlovining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 18 Апрел2017 Manba:edu.uz

15 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida «Tafakkur sinovlari» Respublika ko’rik-tanlovi ikkinchi saralash bosqichi o’tqazildi.
Unda Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti, Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti, M. V. Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, I. N. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiallari va Turin Politexnika universiteti jamoasi qatnashishdi.
Jamoalar 4ta shart bo’yicha bellashishdi.
1- shart bo’yicha eng yuqori ballarni TSMRI va Turin Politexnika universiteti jamoalari qo’lga kiritdi.
2- shart savol-javob bo’yicha esa MDU eng yuqori ballni qo’lga kiritdi.
3- shart esa sahna ko’rinishi bo’lib, unda barcha jamoalar o’z sahna ko’rinishlarini namoyish qildi, e’tiborlisi shundaki, universitetimizning «Istiqlol farzandlari» jamoasi sahna ko’rinishi eng ta’sirli sahna ko’rinishi bo’ldi. Bu sahna ko’rinishidan so’ng barcha tomoshabinlar turib olqishlashdi, ba’zilarning ko’zida yosh qalqidi. Natijada bu shartda ham «Istiqlol farzandlari» jamoasi haqli ravishda eng yuqori ballni qo’lga kiritishdi.
4-shart esa videolavha asosida rasm chizish va uni sharhlash sharti edi.
Yana bir bor universitetimiz jamoasi eng yuqori ballni qo’lga kiritdi va umumiy hisobda 83 ball bilan «Tafakkur sinovlari» respublika tanlovi keyingi bosqichiga yo’l oldi. Ulardan 5 ball ortda qolgan MDIST jamoasi 2-o’rin bilan taqdirlandi. Kuchli uchlikni esa MDU jamoasi yakunlab berdi. Tanlov 5 soatdan ortiqroq davom etgan bo’lsada tomoshabinlar zerikib qolishmadi, muxlislar o’z universiteti jamoalarini qo’llab turishdi.