science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

“KЕLING – VATANIMIZGA QANOT BO‘LAYLIK!”

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 26 Fevral 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning fevral oyida TTA talabalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlariga bag‘ishlangan “Keling – Vatanimizga qanot bo‘laylik!” mavzusida VII anjuman bo‘lib o‘tdi. Talabalar tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu anjuman, yoshlarda vatanparvarlik, shukronalik hissini kuchaytirishga qaratilgan hamda “2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati va qonunchilik palatasiga qilgan murojaatnomasiga TTA talaba-yoshlarini bildirgan munosabati deb qarash mumkin.

Anjumanni kirish so‘zi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Tuychiyev Laziz Nadirovich ochib berdilar. Tashrif buyurgan “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimiyatining xokimi Q.R.Shonazarov boshchiligidagi bir guruh mehmonlar va hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida TTA talabalari tomonidan o‘tkazilgan insholar tanlovi asosida talabalarni vatanparvarlik, ijodkorlik, tashabbuskorlikka undovchi “Mening orzuyim”, “Keling – Vatanimizga qanot bo‘laylik!”, “Tibbiyotning barhayot siymolari”, “Mening akademiyam ilmu-ma’rifat maskani”, “Ustozim hayotim chirog‘i”, “Mening oilam – mening baxtim”, “Mening mahallam – mening faxrim”, “Mening fikrim”, “Bilimlar mo‘tabar kitoblardadir” kabi mavzularda hamda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy qilishga bag‘ishlangan tibbiyot sohasiga kirib kelishi kutilayotgan innovatsion texnologiyalar haqida ma’ruzalar tinglandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tadbirda ishtirok etgan talabalar ma’ruzaga tayyorlanish davrida 2 oy davomida 1 500 nafardan ortiq talabalarni 7 000ga yaqin orzulari, 200ga yaqin akademik guruhlarda tahsil olayotgan 3 000 nafar hamda talabalar turar joylarining 150 ta xonalarida yashayotgan 800 nafardan oshiq talabalarning “Keling – Vatanimizga qanot bo‘laylik” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovida qilgan tashabbuslarini yig‘ib, ularni tahlili asosida ma’ruza tayyorlab akademiya talabalari va tengdoshlariga murojaat sifatida bayon etishdi.
Anjuman natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni “Keling – Vatanimizga qanot bo‘laylik!” mavzusidagi ma’ruzasi bilan tibbiy pedagogika fakultetining 103-guruh talabasi Xaydarova Gulshana, 2-o‘rinni “Tibbiyot sohasiga yaqin kelajakda kirib kelishi kutilayotgan innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davolash fakultetining 402-guruh talabasi XamrayevaUmida va 3-o‘rinni “Bilimlar – mo‘tabar kitoblarda emasmi?” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davolash fakultetining403-guruh talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori To‘ymurodova Nigoralar egallashgan bo‘lsa,ShakirovShohnur (Davolash fakultetining203-guruh talabasi), YuldashevaShoira (Tibbiy pedagogika fakultetining 302-guruh talabasi), Islomova Lola(Morfologiya yo‘nalishining II-kurs magistratura talabasi), AmanullayevaShahnoza(Tibbiy profilaktika fakultetining 102-guruh talabasi), MaxamadovaSarvinoz(Davolash fakulteti105-guruh talabasi)lar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.