science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

“MEHNAT HUQUQI VA XALQARO MEHNAT STANDARTLARI” MAVZUSIDA O‘QUV-TRENING O‘TKAZILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19  Aprel 2018 Manba:edu.uz

2018 yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan “Mehnat huquqi va xalqaro mehnat standartlari” mavzusida o‘quv-trening o‘tkazildi.

O‘quv-treningda 14 ta Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida faoliyat olib borayotgan jami 28 nafar Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudirlari va xodimlar bo‘yicha katta nazoratchilar ishtirok etdi.

O‘quv-treningda “Mehnat huquqi. O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari”, “O‘zbekistonda xalqaro va milliy mehnat standartlari”, “Ta’lim tizimi xodimlarining mehnat huquqlari va imtiyozlari”, “Bolalar mehnati va uni oldini olish bo‘yicha tadbirlar”, “Fuqarolarni ta’lim jarayonidagi ishtiroki”, “Majburiy mehnat va uni oldini olish masalalari” mavzusidagi mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv-trening joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi A.Avloniy nomidagi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida davom ettirilmoqda
Treningda Turekova Lazokat Mashrabobna - O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, iqtisod fanlari nomzodi,
Inoyat Sodiqova - Jahon bankining Ijtimoiy rivojlanish va Ta’lim bo‘yicha maslahatchisi,
Oksana Lipkanu – Xalqaro mehnat tashkiloti-Jahon banki “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi, Xalqaro mehnat tashkiloti mutaxassisi mashg‘ulotlar olib bordi.