science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

“MUSTAHKAM E’TIQOD – TOTUVLIK GAROVI”

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Fevral 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 23 fevral kuni nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universitetining termiz filialida xalqaro oltin meros xayriya jamoat fondining surxondaryo viloyati muassasasi bilan hamkorlikda “mustahkam e’tiqod – totuvlik garovi” mavzusida tadbir o'tkazildi

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad mustahkam e’tiqodni shakllantirishning g‘oyat muhimligi, uning jamiyatimizda yashovchi barcha din va ellat vakillarining hamjihatligini namoyon etish bo‘lib, e’tiqodning kishilar, ayniqsa talabalar hayotida muhimligini ta’kidlash masalasi dolzarbligini ma’lum qilish edi.

E’tiqodni mustahkamlash - barchamiz shu zaminning farzandlari ekanligimizni, yoshlarimiz ongida yagona vatan tuyg‘usini shakllantirish hamda yoshlarimizda ajdodlarimizning ilmiy, ma’naviy merosiga munosib bo‘lish va ularni yanada ulug‘lashga chaqirishdir.

Ulug‘ bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy, Amur Temur, Alisher Navoiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalarimiz barchamizning ajdodlarimizdir. Ularning vatanga qilgan mehnatlarini, ilmiy meroslarini o‘rganish, boshqalarga o‘rgatish barchamizga ham qarz ham farzdir.
Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori
v.b. D.Ergashev, Xalqaro Oltin meros xayriyajamoat fondining Surxondaryo viloyati muassasasi raisi N.Sultonov ma’ruzalari bilan chiqishlar qilishdi.
Shuningdek, taqdimot tadbirida pedagogika fanlari nomzodi Q.Qodirov, dotsent Q.Alimov, professor X.Xudoyberdiyev, Surxondaryo viloyat Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyat muassasasi raisi Usmon Madiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar olishdi.