“Milliy liboslarimiz – bizning faxrimiz” mavzusidagi milliy liboslar ko‘rgazmasi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 18 Апрел2017 Manba:edu.uz

Toshkent moliya institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan institut Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan institutdagi “Orasta qizlar” to‘garaklari qatnashchilarining faol ishtirokida Milliy liboslarimiz – bizning faxrimiz” mavzusida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Muxamedov, Toshkent shahar Yunusobod tumani Oila markazi rahbari Lobar Daliyevna, dizayner-modeler D.Saidova, institut Xotin-qizlar Kengashi raisi R.Azimbayeva, Toshkent moliya instituti professori, i.f.d. F.Nazarova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi a’zosi, Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Toshkent moliya instituti professori, i.f.d. Sh.Abdullayeva, institutning faxriy pedagog xodimlari, faol ayol professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari ishtirok etdilar.
Tadbirga taklif etilgan mehmonlar milliy liboslarimizning millatimiz ko‘zgusi, ma’naviyatimizning yorqin ifodasi, milliy an’analarimizga sodiqligimiz ramzi ekanligi, yoshlar ma’naviy qiyofasining shakllanishi va milliy ruhda tarbiyalanishidagi ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari bilan davrani yanada boyitdilar. Tadbirda ishtirok etgan institutning badiiy havaskorlik jamoalari tomoshabinlarni o‘z chiqishlari bilan hushnud etdilar.
Tadbir ishtirokchilari uning yuqori tashkiliy va ma’naviy darajada, badiiy bezaklarga boy, ko‘rkam va mazmunli o‘tganligini e’tirof etdilar.