science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” KO‘RIK-TANLOVINING 2018 YILGI MAVSUMI BOSHLANDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30  Aprel 2018 Manba:edu.uz

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “ZO‘R-TV” telekanali hamkorligida o‘tkazilmoqda. Bellashuvlarda ishtirok etish uchun qatnashish istagini bildirgan 89 ta jamoa tomonidan buyurtmalar qabul qilindi. Jumladan, 76 ta buyurtma oliy ta’lim muassasalaridan hamda 13 ta buyurtma korxona va tashkilotlardan kelib tushdi. Joriy yilda 33 ta bellashuvni o‘tkazish belgilanib, xususan, 20 ta hududiy saralash bosqichi, 10 ta chorak, 2 ta yarim final hamda final bellashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur bellashuvlardan 13 tasini “ZO‘R-TV” telekanali orqali namoyish etish ko‘zda tutilmoqda.
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi nafaqat talaba-o‘quvchilar, balki aholining turli qatlamlari, xususan, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ham katta qiziqishni uyg‘otmoqda. Ushbu qiziqishlarni inobatga olgan xolda bu yilgi mavsumdan boshlab nafaqat oliy ta’lim muassasalari jamoalari, balki korxona va tashkilotlar, shuningdek, uyushmagan yoshlardan tashkil topgan jamoalarning ishtirok etishlari kutilmoqda.
Joriy yilning aprel-iyun oylarida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Mazkur bosqich jami 20 ta bellashuvdan iborat bo‘lib shulardan 8 tasi Toshkent shahrida, 12 tasi hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ko‘rik-tanlovning dastlabki bellashuvi joriy yilning 17 aprel kuni Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilgi mavsum chempioni NavDKIning “Talablarga binoan talabalar”, NavDPIning “Shov-shuv”, NukDPIning “Turon” hamda TIQXMMI Buxoro filialining “Irrigator” jamoalari o‘zaro bellashishdi. O‘yin natijasiga ko‘ra “Turon” jamoasi g‘olib bo‘lib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Talablarga binoan talabalar” jamoasi 2-o‘rinni egalladi hamda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
19 aprel kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni BuxMTIning “Omadli jentelmenlar” jamoasi, 2-o‘rinni BuxDUning “Afandining jiyanlari” jamoasi egalladi hamda chorak finalda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
21 aperel kuni o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukolar” ko‘rik-tanlovida QMIIning “Barkamol avlod” jamoasi 1-o‘rin; “Shox rekords” xususiy korxonasining “Diplomat” jamoasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati G‘o‘zor tumani Kengashining “O‘zbegim beklari” jamoalari bir hil ball to‘plab 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
24 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvda TDAUning “Yangi yulduzlar” jamoasi 1-o‘rin; ToshFIning “Farmed” jamoasi 2-o‘rin egallashdi. 27 aprel kuni o‘tkazilgan tanlovda TMIning “Moliyachi” jamoasi 1-o‘rin; O‘zDSMIning “Art-studiya” jamoasi 2-o‘rinlarni egallab chorak finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Bellashuvlar davom etmoqda.